Болалар касалликлари пропедевтикаси

Ushbu kitobda pediatriya tarixi, bolalik davrlarining o'ziga xosligi, bolalarni oziqlantirish, parvarish qilish, jismoniy va nerv-ruhiy rivojlanishi, shuningdek, asosiy kasalliklar va ularning diagnostikasi, davolash usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Pediatriya tarixiga kirish: Pediaatriya fanining rivojlanish bosqichlari, O'zbekistonda pediatriyani rivojlantirishga hissa qo'shgan olimlar, bolalik davrlarining xususiyatlari, odam ontogenezida bolalik davrlarini rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Jismoniy rivojlanish: Turli yoshdagi bolalarning antropometrik ko'rsatkichlari, jismoniy rivojlanishni baholash usullari, biologik yetuklik tushunchasi, akseleratsiya va uning nazariyalari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Asab-ruhiy rivojlanish: Ontogenezda asab tizimining ahamiyati, turli yoshdagi bolalarda orqa miya suyuqligi xususiyatlari, yangi tug'ilgan chaqaloqlarning shartsiz reflekslari, bolalarda asab-ruhiy rivojlanishini baholash mezonlari, shartli refleks faoliyatining evolyutsiyasi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Teri va teri osti yog' qatlami: Terining anatomik-fiziologik xususiyatlari, teri va teri osti yog' qatlamini tekshirish usullari, teri yuzasidagi toshmalar, birlamchi va ikkilamchi elementlar, sklerema, skleredema to'g'risida tushuncha, bolalar infeksion kasalliklaridagi toshmalar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Suyak-muskul tizimi: Suyak tizimi osteogenezi, osteogenez bosqichlari, skeletning o'sishi va shakllanishi, bolalarda fosfor-kaltsiy almashinuvining xususiyatlari, suyak o'sishidagi disproportsional rivojlanish davrlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Nafas olish a'zolari: Turli yoshdagi bolalarda nafas olish a'zolarining rivojlanish xususiyatlari, havo o'tkazuvchi yo'llar, o'pka to'qimalari, nafas olish mexanizmlari, diagnostika usullari va asosiy kasalliklar belgilari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Yurak-qon tomir tizimi: Yurak-qon tomir sistemasining rivojlanishi va anatomik-fiziologik xususiyatlari, turli yoshdagi bolalarning gemodinamikasi, yurakning tuzilishi, yurak kasalliklari va yurak etishmovchiligi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Ovqat hazm qilish tizimi: Ovqat hazm qilish a'zolari embriogenezi, bolalarda ovqat hazm qilish xususiyatlari, oqsil, uglevod va yog 'almashinuvi xususiyatlari, hazm a'zolari kasalliklari simptomlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Qon va qon yaratuvchi a'zolar: Bolalarda qon va qon yaratuvchi a'zolar kasalliklari, ularning simptomlari, limfadenopatiya va kamqonlik sindromlari, konning vazifalari, kon yaratilish bosqichlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Endokrin va immun tizimi: Endokrin va immun tizimi ontogenezi, immunitet shakllanishi, spesifik va nospesifik immunitet haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Ovqatlantirish: Tabiiy oziqlantirish, laktatsiya davrlari, molozivoning tarkibi, ona suti va mol sutining farqi, sun'iy oziqlantirish qoidalari, taomnoma tuzish usullari haqida batafsil ma'lumot berilgan.