O`quvchilarning aqliy tarbiyasini, dunyoqarashini, aхlоqi, оdоbini shakllantirilishi

Kitob "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" fanidan "O`quvchilarning aqliy tarbiyasiga dunyoqarashining, axloq, odobning shakllantirilishi” mavzusida yozilgan kurs ishidir. Unda aqliy tarbiya, dunyoqarashning shakllanishi, ma'naviy-axloqiy tarbiya, ekologik ta'lim kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitobda O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi islohotlari, buyuk mutafakkirlarning ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari hamda aqliy tarbiyaning uslublari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish: Dunyoqarashning mohiyati, uning shakllanish omillari, ilmiy dunyoqarashning ahamiyati va tafakkurni rivojlantirish yo'llari.
  • Aqliy tarbiya va ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati: Aqliy tarbiyaning maqsadi, vazifalari, ilmiy dunyoqarash bilan bog'liqligi, aqliy tarbiyaning shakllantirish metodlari.
  • Ta'lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi: Ta'lim-tarbiya jarayonining izchilligi, uzluksizligi, tizimliligi va aniq maqsad asosida tashkil etilishining ahamiyati.
  • Ma'naviy-axloqiy tarbiya: Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari xamda axloqiy madaniyat ta'lim-tarbiya jarayonida shakllantirilishi.
  • Ekologik tarbiya: Ekologik ong, atrof-muxit va tabiat muxofazasini ta'minlashning muhimligi va dolzarbligi.
  • Iqtisodiy tarbiya: Iqtisodiy ong va tafakkurni, shakllantirishning mohiyati va ahamiyati.