Matematika

Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan "Matematika" fanidan o'quv-uslubiy majmuadir. Unda talabalarga matematika tarixidan, sonli to'plamlardan, matematik mantiq elementlaridan, algebra va geometriyadan, matematik tahlil va ehtimollar nazariyasidan bilim beriladi. Ushbu majmua talabalarning matematik bilimlarini oshirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • To'plamlar nazariyasi: To'plam tushunchasi, to'plamlarning berilish usullari, to'plamlar ustida amallar, Eyler-Venn diagrammalari va ularning xossalari.
  • Kompleks sonlar: Kompleks sonlar ta'rifi, kompleks sonlar ustida amallar, kompleks sonning geometrik tasviri va trigonometrik shakli.
  • Analitik geometriya: Tekislikda va fazoda to'g'ri chiziq tenglamalari, ularning o'zaro munosabati, ikki nuqta orasidagi masofa va kesmani berilgan nisbatda bo'lish.
  • Matematik tahlil elementlari: Funktsiya tushunchasi, funksiyaning limiti, uzluksizligi va hosilasi, hosilaning geometrik va mexanik ma'nosi.
  • Integral hisob: Boshlang'ich funktsiya, aniqmas integral, aniq integral va ularning xossalari hamda geometrik ma'nosi.
  • Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika: Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalari, klassik ta'rifi, kombinatorika elementlari va asosiy vazifalari.