Malakaviy ta'lim metodikasi

Ushbu kitob kasbiy ta’lim metodikasidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazish, malakaviy ta’lim fanlaridan nazariy mashg’ulotlarni tashkil etish, bitiruv va kurs ishlarini bajarish hamda ularni himoya qilish metodikalarini o’rgatish, laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o’tkazish kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Kitobda dars tahlili, istiqbolli reja tuzish, dars rejasi va unga tayyorgarlik ko’rish kabi amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodik qo’llanma sifatida foydalanish uchun mo’ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Malakaviy ta'limning metodologik asoslari: Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari malakaviy taʼlimining ilmiy-pedagogik va metodologik asoslari ifodalangan turli manbalar va materiallarni ilmiy tahlil qilish, malaka va koʻnikmalarini shakllantirish masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Kasb-hunar kollejlarining oʻquv-meyoriy hujjatlari bilan tanishish va ularni tahlil qilish: Davlat taʼlim standartlariga (DTS) qoʻyiladigan umumiy talablar, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablar, oʻquv rejalariga qoʻyiladigan talablar kabi hujjatlarni tahlil qilish masalalari.
  • Kasb-hunar taʼlimi tamoyillari: Kasb-hunar taʼlimida umumdidaktik tamoyillarni oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish, metadologik tamoyillar, umumtexnik fanlar bilan maxsus texnologiyaning birligi tamoyili, politexnik tamoyil kabi masalalarni o'rganish.
  • Kasb-hunar kollejlarida kasb ta'limi oʻqituvchisi va oʻquv ustasining oʻquvchilarning oʻquv-mexnat faoliyatida tutgan oʻrni: Kasb taʼlimi oʻqituvchisi (usta)ga qoʻyiladigan talablar, oʻqituvchini darslarga tayyorlanishi, oʻquv ustasining oʻquv yiliga va darslarga tayyorlanishi kabi o'qituvchiga qo'yiladigan talablarni o'rganish.
  • Kasb-hunar ta'limi metodlari: Kasb ta'limi metodlarini xilma xilligini oʻrganish va metodlarni toʻgʻri tanlash, metod hakida tushuncha, Malakaviy ta'limi metodlarini klassifikatsiyasi, kasb-hunar ta'limida yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish kabi masalalari.
  • Kasb-xunar ta'limining tashkiliy shakllari: Malakaviy taʼlimining tashkiliy shakllari tushunchasi, dars turlari haqida bilimga ega boʻlish, nazariy mashg'ulotlar, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya, kasb-hunar ta'limini fermer xoʻjaliklari, fermalar, qoʻshma korxonalar bazalarida tashkil kilish kabi masalalari.
  • Malakaviy ta'limi boʻyicha amaliy mashg'ulot darslarini tashkil kilish va oʻtkazish metodikasi: Malakaviy ta'limidan amaliy mashg'ulotlarni tashkil qilish va oʻtkazish metodikasi bilan tanishish, amaliy mashg'ulotlarga tayyorgarlik, amaliy mashg'ulotlarni oʻtkazish shakllari kabi dars jarayoniga oid masalalar.
  • Istiqbolli, mavzuli reja tuzish. Mashgʻulot rejasini tuzish va dars matnini tayyorlash: Oʻquvchilarga aniq mutaxassislik fanlaridan istiqbolli, mavzuli reja va mashg'ulot rejasini tuzishni oʻrgatish, ishchi oʻquv dasturlari va ulardagi mavzuli reja, kalendar mavzuli reja mazmuni va uni tuzish masalalari.
  • Malakaviy ta'limi metodikasidan kurs va bitiruv ishlarini bajarish hamda ularni yoqlash metodikasi: Malakaviy taʼlimi metodikasi kursini oʻrganish jarayonida tegishli nazariy laboratoriya va amaliy ishlarni bajarganda shakllangan bilim hamda oʻquvlarni mustahkamlash masalalari.
  • Malakaviy ta'lim fanlaridan nazariy mashg'ulotlarni tashkil etish va oʻtkazish metodikasi: Malakaviy ta'limidan nazariy mashg'ulotlarni tashkil qilish va oʻtkazish metodikasi bilan tanishish, nazariy mashg'ulotga tayyorgarlik oʻquv material va kerakli jihozlarni tayyorlash masalalari.
  • Laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etish va oʻtkazish metodikasi: Laboratoriya mashg'ulotini oʻtkazishga tayyorgarlik, zarur jihozlar va asbob uskunlarni hozirlash, Laboratoriya mashg'ulotlarini oʻtkazish, dars jarayonida oʻqituvchining vazifasi masalalari.
  • Kasb – hunar kollejlarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish: Kasb hunar kollejlarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish metodikasi bilan tanishish, Ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazishga tayyorgarlik, obyektlarni tanlash, yuritiluvchi hujjatlar kabi masalalari.
  • Malakaviy ta'limdan mashg'ulotlarni kuzatish va ularning tahlili: Malakaviy taʼlimdan mashg'ulotlarni kuzatish va tahlil qilish metodikasi bilan tanishish, mashg'ulotning shakli, metodlari, oʻqituvchining mahorati va dars sifatiga baho berish masalalari.
  • Avtomobil transportini ishlatish va ta'mirlash boʻyicha mustaqil dars oʻtish: Fan boʻyicha mustaqil dars oʻtish va darsning reja bayonnomasini tuzishni oʻrganish, darsni kuzatish va tahlil qilish masalalari.