Фалсафа
Ushbu kitob falsafa fanining turli xil jihatlarini keng qamrovda yoritadi. Unda falsafaning predmeti, asosiy mavzulari, dunyoqarash, bilish nazariyasi, fan falsafasi, inson va jamiyat masalalari chuqur tahlil etiladi. Kitobda Markaziy Osiyo falsafasi, g'arb falsafasi, axloqshunoslik, ma'naviyat, madaniyat, qadriyatlar va g'oyalar falsafasi kabi mavzularga alohida e'tibor qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Falsafaning predmeti va asosiy mavzulari: Ushbu mavzu falsafa fanining o'rganish obyekti, predmeti, vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyatini tushuntiradi. Falsafiy dunyoqarashning mohiyati, uning turlari, shakllanishi va ahamiyati yoritiladi.
- Falsafada bilish muammosi. Fan falsafasi: O'zaro alohida bilimning shakllanishi, turlari va imkoniyatlari ko'rsatib beriladi. Fan falsafasi orqali fanning jamiyatdagi o'rni va ahamiyatini ko'rib chiqadi.
- Falsafada inson va jamiyat muammosi: Insonning jamiyatdagi o'rni va roli, ma'naviyat, madaniyat va qadriyatlarning shakllanishi, o'zgarishi va ahamiyatini yoritadi. Jamiyatning a'zosi sifatida kabi insonning faoliyatiga alohida e'tibor beriladi.
- Global muammolar falsafasi. O'zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash: Global muammolarning kelib chiqishi sabablari, oqibatlari va ularni hal qilish yo'llari tahlil etiladi. O'zbekistonning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati yoritilgan.
- Axloqshunoslikning asosiy tushunchalari: Ahlokiy tamoyillar va me'yorlar, ezgulik, burch, adolat, vijdon kabi tushunchalarning mohiyati, o'zaro bog'liqligi va jamiyatdagi ahamiyati yoritilgan
- Huquqiy sohada shaxsning ahlokiy tarbiyasi: Nikohning mohiyati, oilaning ma'naviy muhiti, ota-onalik mas'uliyati va fuqarolik jamiyatidagi ahamiyati, axloqiy tarbiyaning vositalari batafsil ochib berilgan.
- Estetikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari: Estetikaning asosiy tushunchalari va ilmiy bilimlar, san'at asarlari va kadriyatlarning inson hayotiga ta'siri ham ko'rsatiladi. Shuningdek, go'zallik, ulug'vorlik, fojia kabi tushunchalar muhokama qilinadi.
- Mantiq ilmining predmeti: Mantiq va tafakkur shakllari haqida so'z yuritiladi. Inson aqlining ajoyib xususiyatlarini yoritib berishga bag'ishlangan maqolalar keltirilgan