Analitik to`plamlar va uning xossalari

Ushbu bitiruv malakaviy ishi analitik to'plamlar nazariyasiga bag'ishlangan bo'lib, ularning xossalari, strukturasi va golomorf funksiyalar bilan bog'liqligi o'rganilgan. Veyershtrassning boshlang'ich teoremasi va uning analitik to'plamlarni o'rganishdagi ahamiyati ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Golomorf funksiyaning nollari: Golomorf funksiyaning nollari ta'rifi, karrali nollar, nollarning yakkalanish xususiyati va ularning funksiyaning xossalariga ta'siri o'rganilgan.
  • Veyershtrassning boshlang'ich teoremasi: Veyershtrass teoremasining ta'rifi, ahamiyati va analitik to'plamlarning strukturasini o'rganishdagi roli tushuntirilgan.
  • Analitik to'plamlarning xossalari: Analitik to'plamlarning kompleks tekislik bilan kesishishi, diskretligi, sohani bo'laklarga ajratmasligi va kompakt to'plamlarda chekliligi kabi xossalari ko'rib chiqilgan.
  • Analitik to'plamlarning strukturasi (tuzilishi): Analitik to'plamlarning regulyar nuqtalari, o'lchami, komponentalari, sof to'plamlar va ularning lokal tuzilishi o'rganilgan.