Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar (Bakalavriat bosqichi talabalari uchun)
Pedagogika oliy ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan mazkur ma'ruza matnida boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar fanining asoslari, Boshlang`ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, zamonaviy pedagogik texnologiya tushunchasi, o`quv jarayoni, ta'lim muassasalarida o`quv jarayonini tashkil etishning Yangi metod va formalariga quyiladigan zamonaviy talablar, O`zbekiston Respublikasida ta'limning rivojlanishi va kadrlar tayyorlashning milliy dasturi, ta'lim jarayonida o`quvchi shaxsi, shaxsning sifat tizimi, o`qitish jarayonida bilim olish, malaka va ko`nikma hosil qilish. Innovatsion faoliyat tizimi va pedagogning innovatsion faoliyati, boshlang'ich ta'limda zamonaviy redagogik texnologiyalarga ilmiy- nazariy yondoshuv, turli didaktikachi pedagoglarning pedagogik texnologiyalari haqida ma'lumot, pedagogik texnologiyalarning YUNESKO e'tirof etgan tavsifi, pedagogik texnologiyaning asosiy sifatlari, klassifikatsiyasi va ilmiy asoslari, o`qitishning axborot texnologiyasi, mualliflik texnologiyasi, o`qitishning takomillashib borish texnologiyasi, o`yinli texnologiyalar, modul texnologiyasi, interaktiv texnologiyalar, bilimlarni nazorat qilish texnologiyasi xususida so'z yuritiladi.
Asosiy mavzular
- KIRISH. «TA'LIM TO`G`RISIDA»GI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI VA «KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI»NI AMALGA OSHIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR.: O'zbekistonda ta`lim-tarbiya sohasidagi islohatlar, Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi va yangi ta`lim modeli. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari” fanining maqsad va vazifalari.
- PEDAGOGIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH-IJTIMOIY ZARURAT. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI.: Pedagogik texnologiya-ta`lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi, Ta'limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiya mohiyati va muammolari. Pedagogik texnologiya fanining maqsad va vazifalari. Pedagogik texnologiya taraqqiyoti tarixi. Ta`lim va tarbiya texnologiyasi.
- TA'LIM JARAYONIGA TEXNOLOGIK YONDOSHUV TAMOYILLARI, TURLARI VA ISHLAB CHIQISH BOSQICHLARI: Ta'lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv, Zamonaviy ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogic texnologiyalarni qo`llash zarurati. Pedagogik tizim nazariyasi, Pedagogik texnologiyaning tarkibiy unsurlari, ta'lim texnologiyasi va tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi.
- TA'LIMNI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUV: Innovatsiya tushunchasi mohiyati, innovatsiya jarayoning bosqichlari, innovatsion jarayonning tuzilmasi, innovatsion jarayonning kechish qonunlari. O'qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi, yuksak professionalizmga erishish omillari, o'qituvchining ijodiy individualligi, individual qobiliyatlar, o'qituvchiningn innovatsion faoliyatini shakllantirish, innovatsion faoliyat funksiyalari.
- ZAMONAVIY TA`LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYASI: Axborot texnologiyasining maqsad va vazifalari, axborot texnologiyasini tayyorlash manbaalari, hozirgi zamon o'qituvchisining axborot texnologiyasi, yangi axborot texnologiyalarining tiplari, o'qituvchining komp'yuterli yangi pedagogik texnologiyalari, Masofali o`qitish texnologiyasi.