Ветеринария асослари

Ushbu kitob veterinariya asoslariga bag'ishlangan bo'lib, unda chorva mollarining turli kasalliklari, ularning sabablari, belgilari, tashxislash usullari, davolash choralari va oldini olish usullari batafsil yoritilgan. Kitob, shuningdek, veterinariya xizmatini tashkil etish, farmakologiya asoslari, jarrohlik kasalliklari va parazitologiya kabi mavzularni ham qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • Veterinariya fanining rivojlanish tarixi: Veterinariya fanining ta'rifi, maqsadlari, xalq xo'jaligidagi yutuqlari va vazifalari, rivojlanish tarixi va bo'limlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Hayvonlar asosiy a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi: Qonning fiziologik-kimyoviy xususiyatlari, qon aylanish tizimi, hazmlanish a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi, nafas olish a'zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi, ko'payish a'zolari haqida tushunchalar keltirilgan.
  • Hayvon kasalliklari haqida ta'limot: Kasallik tushunchasi, kasallikni paydo qiluvchi sabablar va sharoitlar (etiologiya), kasallikning paydo bo'lishi va rivojlanish qonuniyatlari (patogenez), qon aylanishining mahalliy buzilishi, issiqlik almashinuv patologiyasi, moddalar almashinuvi patologiyasi, nerv va endokrin tizimsi tomonidan organizm faoliyatini boshqarishning izdan chiqishi va boshqalar.
  • Kasallikning rivojlanish davrlari va oqibati: Kasallikning yashirin va prodromal davri, kasallikning klinik belgilari va kasallikning so'nggi davri haqida ma'lumot berilgan.
  • Patogenezda boshqaruv mexanizmlarining ahamiyati: Mahalliy va ummuiy patogenezning munosobotlari, organizmda patologik jarayonlarning tarqalish yo'llari, kasallikning kelib chiqishda nerv tizimining va gumoral omillarning ta'siri (reaktivlik, rezistentlik, immunitet) haqida tushunchalar keltirilgan.
  • To'qimalarda patologik o'zgarishlar hujayra va to'qimalarda miqdoriy va sifatli o'zgarishlar: Gipobiotik jarayonlar va ularning turlari, giperbiotik jarayonlar va ularning klassifikatsiyasi, yallig'lanish va uning sabablari haqida ma'lumot berilgan.
  • Klinik diagnostika asoslari: Klinik tashxis to'g'risida tushuncha va uning vazifalari, kasalliklarning simptomi va sindromlari, tashxis to'g'risida tushuncha, hayvonlarni umumiy va maxsus tekshirish usullari, hayvonni ko'zdan kechirish, anamnez yig'ish, palpatsiya, perkusssiya, auskulultatsiya va termometriya haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Hayvonlarni xususiy tekshirish: Yurak tomir tizimini ya'ni qon tomirlar, nafas olish yo'llarini tekshirish, ko'krak qafasini ko'zdan kechirish, nafas shovqinlari va hirillashlarni aniqlash usullari bilan tanishish usullari haqida ma'lumot berilgan.
  • Farmakologiya asoslari: Veterinariya farmakologiyasining asosiy vazifalari, dorilarning organizmga ta'siri, dorilar va ularning xillari. Dorilarning kumulyatsiya xususiyatlari, biostimulyatorlar haqida tushunchalar berilgan.
  • Mikrob va parazitlarga qarshi ishlatiladigan dorilar: Qo'llaniladigan mikroblarga va parazitlarga qarshi dorilar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Xirurgik kasalliklar: Xirurgiyaning ta'rifi, turlari va vazifalari, shikastlanish (travmatizm) va ularning klassifikasi, yopiq shikastlanishlar. Lat yeyish, gemotoma, shikastlar, suyak sinishi va turli infeksiyalar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Epizootologiya va infektsion kasalliklari: Infektsion kasalliklarning chorvachilikka yetkazadigan iqtisodiy zarari, infektsion kasalliklarni davriylik bosqichlari, kelib chiqishida mikroblarning va tashqi muhitning ahamiyati, epizootik jarayon hamda epizootiya g'irida tushuncha haqida ma'lumot berilgan.
  • Veterinariya protzoologiyasi: Protozoolarining umuiy tasnifi, piroplazmidozlar tugrisida tushuncha, koksidiozlar va tripanozomozlar tugrisida tushunchalar keltirilgan.