Chor Rossiyasi, Sovet mustamlakachiligi va Milliy Istiqlol

Ushbu kitob O'zbekiston tarixining muhim davrlarini qamrab olgan bo'lib, xususan Chor Rossiyasi davri, sovet mustamlakachiligi, milliy istiqlol davri, mustaqillik yillari va O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi kabi masalalarni o'rganadi.

Asosiy mavzular

  • Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi, Chorizm zulmiga qarshi Turkiston xalqlarining milliy ozodlik kurashi, jadidchilik: Ushbu mavzu Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olish jarayonini, mustamlakachilik siyosatini, Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya vassaliga aylanishini, Qo'qon xonligining tugatilishini, chorizmning Turkistonda siyosiy iqtisodiy hukmronligini amalga oshirish sohasidagi tadbirlarini, Turkistonni xom-ashyo makoni va sanoat mollari bozoriga aylantirilishini, chorizmning Turkistonda mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan madaniy va ma'rifiy tadbirlarini, jadidchilikni, Turkiston xalqlarining chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakatlarining boshlashishini o'rganadi.
  • Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining oʻrnatilishi va unga qarshi qurolli harakat: Ushbu mavzu Turkistonda sovet hokimiyatining oʻrnatilish jarayonini, unga qarshi milliy vatanparvar kuchlar tomonidan amalga oshirilgan qurolli haraktning mazmun-mohiyatini, bolsheviklar va ularning dohiysi V.I.Lenin tomonidan amalga oshirilgan makkarona siyosatda koʻzlangan maqsadni, Sovet tarixshunosligida jasur qoʻrboshilarni nima uchun “bosmachi” deb ataganlarini, aslida kimni “bosmachi" deb atash lozimligini aniq faktlar asosida yoritadi.
  • Sovet hokimiyatining O'zbekistonda yuritgan qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari: Ushbu mavzu O'zbekistonda sovet totalitar tuzumining o'rnatilishi, uning mustabidlik tabiati, qatag'on siyosatidan ko'zlangan maqsadlar, uning amalga oshiri uslublari, qatag'on siyosatining og'ir oqibatlari, shuningdek Stalin qatag'on siyosatining qurbonlari haqidagi ma'lumotlarni qamrab oladi.
  • Ikkinchi jahon urushi - yillarida O'zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shgan hissasi: Ushbu mavzu Ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari, O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi, urush yillarida O'zbekistonning sanoati, qishloq xo'jaligi, fan va madaniyati, O'zbekistonlik jangchilarning frontga ko'rsatgan jasoratlari, Urushning tamom bo'lishi, fashizmning tormor etishda O'zbekistonning munosib o'rni kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
  • O'zbekistonning davlat mustaqilligining qo'lga kiritishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi: Ushbu mavzu Sobiq sovet davlatining inqirozga yuz tutishi, I.A.Karimov rahbarligida O'zbekistonning mustaqillik uchun harakati, O'zbekistonning o'z mustaqilligini qo'lga kiritishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurilishining mazmun-mohiyatini, O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lining o'ziga xos jihatlarini o'z ichiga oladi.
  • O'zbekistonning iqtisodiy, ma'naviy, madaniy taraqqiyoti: Ushbu mavzu Mustaqillik yillarida O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti, madaniy hayot, ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi, Respublika milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinish, uning ahamiyati kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
  • O'zbekiston va jahon hamjamiyati: Ushbu mavzu Xalqaro ahvol, tinchlikka xavf soluvchi tahdidlar, XXI asrda dunyo, O'zbekistonning geosiyosiy o'rni, tashqi siyosat tamo- yillari, mintaqaviy majarolar, ta'sir doiralar, BMT, YuNESKO, xalqaro hamjamiyat MDH mamlakatlari bilan hamkorlik, Osiyo, AQSh, Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik kabi masalalarni o'z ichiga oladi.