Международные туристкие стандарты

Ushbu qo'llanma turizm sohasidagi xalqaro standartlarga bag'ishlangan bo'lib, talabalarga xizmat ko'rsatish standartlarining asosiy tushunchalarini o'rgatish, turizmdagi xizmat ko'rsatishning xalqaro standartlarining o'zgarishi va rivojlanish tendentsiyalarini ko'rib chiqishni maqsad qilgan.

Asosiy mavzular

  • Xalqaro turizm standartlariga kirish: Turizmning xizmat ko'rsatish sohasidagi o'rni va roli, O'zbekistonda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari, standartlashtirish va standart tushunchalari.
  • Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish: Sertifikatlashtirishning mohiyati va maqsadlari, majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish, turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish usullari, rivojlanish istiqbollari.
  • Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish bo'yicha xalqaro qoidalar: Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish bo'yicha xalqaro qoidalar, sertifikatlashtirish bo'yicha tushunchalar va umumiy qoidalar.
  • Mehmonxonalarda xizmat ko'rsatish standartlari: Mehmonxonalarga qo'yiladigan tasniflash talablari, mehmonxona xizmatlari va ularning vazifalari, mehmonxonalarning binolari va inshootlari.
  • Turagentlar uchun mehmonxona konventsiyasi: Mehmonxonalar bilan shartnomalar tuzish, komission to'lovlarni to'lash qoidalari, guruhlar uchun xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnomalar.
  • Umumiy ovqatlanish korxonalarida xizmat ko'rsatish standartlari: Ovqatlanish korxonalarining tasnifi, umumiy ovqatlanish korxonalariga qo'yiladigan talablar, asosiy restoran turlari.
  • Dasturxon atrofida xizmat ko'rsatish standartlari: Menyuni tuzishning standart talablari, dasturxon odobi qoidalari, taomlar va gazaklarni berish texnologiyasi.
  • Restoran xo'jaligini yuritish standartlari: Dasturxon jihozlariga qo'yiladigan talablar, restoranlarning ichki va tashqi ko'rinishi.
  • Sayohatlar davomida turistlar xavfsizligining umumiy masalalari: Tibbiy yordamni ta'minlash, turizmda sug'urta, turizm xavfsizligining boshqa masalalari.
  • Turizm bo'yicha davlatlararo bitimlar: Gaaga deklaratsiyasi, xalqaro konventsiya, viza rejimi va chegaralarni kesib o'tish qoidalari.
  • Xalqaro turizm xartiyasi: Turizm xartiyasining mohiyati, turizmning asosiy tamoyillari, turizmda xavfsizlikni ta'minlash masalalari.
  • Jahon turizmi bo'yicha xalqaro deklaratsiya: Manila konferentsiyasi, inson resurslarini rivojlantirish, xalqaro turistlarning erkin harakati.
  • Turizm va atrof-muhit bo'yicha xalqaro hamkorlik: Yo'lovchi transporti standartlari, xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish, atrof-muhit bo'yicha xalqaro hujjatlar.