Informatika va axborotlar texnologiyalari

Ushbu kitob O'zbekiston Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Namangan davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Amaliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi o'qituvchisi Ikromova Musharraf Ne'matillayevaning «Informatika va axborotlar texnologiyalari» fanidan maruza matnidir. Matnda zamonaviy axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlar, sistemaviy dasturiy ta'minot, arxivlashtirish dasturlari, antivirus vositalari, amaliy dasturiy mahsulotlar, kompyuter tarmoqlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar: Axborot texnologiyalari tushunchasi, turlari, jamiyat taraqqiyotidagi roli, O'zbekistonda informatika fanining holati va rivojlanish istiqbollari, axborotni o'lchash va tasvirlash usullari.
  • Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning rivojlanishi: Shaxsiy kompyuter tuzilishining axboriy-mantiqiy asoslari, funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi, komp'yuterlarning rivojlanish yo'nalishlari.
  • Komp'yuterning sistemaviy dasturiy ta'minoti: Dasturiy mahsulotlar, ularning asosiy tavsiflari va klassifikasiyasi, operatsion sistema va uning turlari, Windows-zamonaviy axborot texnologiyalarining operasion sistemasi
  • Arxivlashtirish dasturlari: Fayllarni arxivlashtirish xaqida umumiy maʼlumot, RAR va ZIP arxivator dasturlar.
  • Antivirus dasturiy vositalar: Komp'yuter viruslarining xarakteristikalari, viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari.
  • Amaliy dasturiy mahsulotlar: Word matn prosessori va matnli hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi, Excel jadval prosessori va elektron hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi. Maʼlumotlar omborini boshqarish tizimlari.
  • Komp'yuter tarmoqlari: Komp'yuter tarmoqlari haqida tushuncha. Mahalliy, mintaqaviy va global komp'yuter tarmoqlari.