Теодор Нёльдекенинг ғарб Қуръоншунослигидаги ўрни

Ushbu kitob O'zbekistonda islomshunoslik fanining rivojlanish tarixiga, xususan g'arb olimlarining Qur'onni o'rganishdagi o'rniga bag'ishlangan. Unda Teodor Noldekening hayoti, ilmiy faoliyati va uning Qur'on tadqiqotlariga qo'shgan hissasi chuqur tahlil etilgan. Kitobda Qur'onning g'arb dunyosidagi o'rni, tarjimalari va turli qarashlar yoritilgan. Shuningdek, Noldekening Qur'on matnining jamlanish bosqichlari talqini alohida e'tiborga molikdir.

Asosiy mavzular

  • G'arbda Qur'onshunoslikning rivojlanishi: Ushbu bobda G'arbiy Evropada Qur'onni tarjima qilish va tadqiq etishning rivojlanish bosqichlari, turli davrlardagi yondashuvlar va o'zgarishlar ko'rib chiqiladi. Ilk tarjimalar va ularning maqsadlari, shuningdek, islomshunoslikning shakllanishi tarixi tahlil etiladi.
  • Teodor Noldekening hayoti va ilmiy faoliyati: Ushbu bob olimning tarjimai holi, ilmiy yo'nalishlari, sohada qoldirgan merosi haqida ma'lumot beradi.
  • Teodor Noldekening "Qur'on tarixi" asari: Ushbu bobda olimning "Qur'on tarixi" asariga umumiy tavsif beriladi, manbashunoslik tahlili amalga oshiriladi va asarning ilmiy ahamiyati ko'rsatiladi.
  • G'arb quronshunosligida "vahiy" tushunchasiga munosabat: Muhammed(s.a.v)ning payg'ambarligi va vahiy vositasida ta'limotning yuzaga kelishiga g'arb quronshunoslarining munosabatini korsatib beradi.
  • Qur'on matnining jamlanish bosqichlari talqini: Noldekening Qur'on matnining jamlanish bosqichlariga oid qarashlari, turli xil manbalar va rivoyatlar asosida tahlil etiladi. Uning uslubi va o'ziga xos yondashuvlari ko'rib chiqiladi.
  • Makkiy va Madaniy suralarning ta'rifi: Makka davrida nozil bolgan suralarning madinadan farqi va Makka ahliga va Madina ahliga aytilgan oyatlar tarifini beradi.