Умумий психология

Ushbu kitob umumiy psixologiyaga bag'ishlangan bo'lib, oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan. Kitobda psixologiyaning asosiy tushunchalari, tarixi, psixikaning reflektorlik xarakteri, miya va psixika, ong, faollik va faoliyat, muomala, jamoa, shaxsning shakllanishi kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Psixologiya haqida tushuncha: Psixologiyaning predmeti, vazifalari, sohalari, ilmiy va kundalik turmush psixologiyasi o'rtasidagi tafovutlar, psixikaning reflektorlik xarakteri.
  • Miya va psixika. Ong haqida tushuncha: Nerv sistemasining tuzilishi va psixika, miyaning ishidagi psixik va nerv-fiziologik xususiyatlar, ongning mohiyati.
  • Shaxsning faolligi va yo`naltirilganligi: Ehtiyojlar, motivlar, qiziqishlar, e'tiqodlar va dunyoqarash, shaxsning hayotiy pozitsiyasi.
  • Faollik va faoliyat: Faoliyat turlari, harakatlar va sa'i-harakatlar, harakatni boshqarish va nazorat qilish, faoliyatni interiorizatsiyalash va eksteriorizatsiyalash.
  • Muomala: Muomalaning mohiyati, turlari, shaxslararo munosabatlar, guruhlarda va jamoalarda muomala.
  • Shaxs: Shaxs haqida tushuncha, shaxsning tuzilishi, shaxsning o`zini anglab yetishi, shaxsning faolligi va yo`naltirilganligi.
  • Guruhlar va jamoalarda tabaqalanish: Guruhlar va ularning tasnifi, shaxslararo tanlash, sotsiometriya, referentometriya, guruhning peshqadami.