Informatika va axborot texnologiyalari
Ushbu kitob o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari uchun "Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan mavzulashtirilgan testlar to'plamini o'z ichiga oladi. To'plam O'zbekiston Respublikasining ta'limga oid qonunlari va standartlari asosida tuzilgan bo'lib, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini reyting tizimi asosida nazorat qilishga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Texnik va dasturiy ta'minot: Kompyuterning asosiy qurilmalari, ularning ishlash prinsiplari, internetga ulanish qurilmalari, operatsion tizimlar, xizmat ko'rsatuvchi dasturlar, arxivatorlar, axborot o'lchov birliklari va axborot tashuvchi disklarning hajmi.
- Windows XP: Operatsion tizimda ishlash ko'nikmalari, foydalanuvchi huquqlari, tizimga kirish jarayoni, kutish rejimi, fayllar va papkalar bilan ishlash, yorliqlarni yaratish, bosh menyu va undagi amallar, qidiruv tizimi.
- MS WORD 2010: Matn muharririda ishlash, hujjat yaratish, saqlash, yopish, ma'lumotnomani chaqirish, hujjatda harakatlanish, belgilash, formatlash, shriftlar, abzatslar, o'lchamlar, ro'yxatlar, nusxa olish, o'chirish, interfeys elementlari.
- Microsoft Excel 2003: Elektron jadvallar bilan ishlash, hujjat yaratish, yopish, saqlash, kataklarni belgilash, kataklarga ma'lumot kiritish, formulalar yozish, funksiyalar, yacheykalarni formatlash, diagrammalar.
- Microsoft PowerPoint 2010: Namoyishlar muharririda ishlash, taqdimot yaratish, slayd qo'shish, nusxalash, ko'chirish, slayd tartibini o'zgartirish, rejimlar, ko'rsatish, shriftlarni o'zgartirish, imkoniyatlari.
- Ma'lumotlar ombori: Ma'lumotlar ombori tushunchasi, tuzilmalari (tarmoqli, ierarxik, relyatsion), MOBT Accessning obyektlari, jadval, shakl, hisobot, ma'lumot turlari.
- Kompyuter grafikasi: Kompyuter grafikasi turlari (vektorli, fraktal, rasterli), Paint grafik muharriri, piksellar, tasvirlarni saqlash formatlari, Adobe Photoshop dasturi.
- Pascal dasturlash tili: Pascal tilining asosiy tushunchalari, o'zgaruvchilar, operatorlar (kiritish, chiqarish, qiymatlash, shartli o'tish, sikl), massivlar, mantiqiy ifodalar, dasturlashtirish tillari.
- Kompyuter tarmoqlari va Internet texnologiyalari: Internetga ulanish usullari, veb resurslar, brauzerlar, qidiruv tizimlari, elektron pochta, pochta mijozi dasturlari, sayt yaratish.
- Axborot xavfsizligi: Kompyuter viruslari, spam, xakerlik, axborotni himoyalash, tarmoqlararo ekran, antivirus dasturlari, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, parollar, arxivlash, WinRAR.
- Axborot texnologiyalarining huquqiy asoslari: Axborot tizimlariga egalik qilish, elektron hujjat, axborotlashtirish, axborot resurslari, maxfiy axborot, axborotni muhofaza etish, «Axborotlashtirish to'g'risida»gi qonun, elektron raqamli imzo.
- Axborot-kommunikatsiya tizimida davlat organlarining roli: Elektron hukumat, davlat axborot resurslari, davlat organining sayti, elektron xizmatlar, Yagona oyna markazlari.
- Axborot kommunikatsiya sohasidagi loyihalar: O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali, interaktiv davlat xizmatlari, axborot resurslari, axborot tizimi.