Meliorasiya va yer tuzish

Ushbu kitob qishloq xo‘jaligi va melioratsiya sohasidagi amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarini tashkil etishga qaratilgan uslubiy qo‘llanma bo‘lib, unda talabalarga nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beruvchi ma’lumotlar jamlangan.

Asosiy mavzular

  • Sug'orish tarmoqlarining tarkibiy qismlari va ularni suv o'tkazish qobiliyatini aniqlash: Suv manbaidan sug‘oriladigan yerlargacha yetkazib beruvchi sug‘orish tarmoqlarining tuzilishi, doimiy va muvaqqat tarmoqlarning farqi, suv sarfini o‘lchash usullari hamda tarmoqning suv o‘tkazish qobiliyatini aniqlash usullari ko'rsatilgan.
  • Qishloq xo'jalik ekinlarining sug'orish rejimini aniqlash: Ekinlarning suvga bo'lgan ehtiyojini aniqlash, tuproq-iqlim sharoitlarining ta'siri, mavsumiy sug'orish me'yorini hisoblash va sug'orish davrlari orasidagi muddatlarni aniqlash kabi masalalar yoritilgan.
  • Sug'orishga berilayotgan va oqova suvlarni hisobga olish: Suv sarfini hisobga olishning ahamiyati, gidrometriya postlari va ularning vazifalari, kanallarda suv o‘lchash usullari va gidrometriya xizmatining roli bayon etilgan.
  • Sug'orish texnikasi elementlarini hisoblash: Sug‘orish texnikasi elementlarining turlari, ularning vazifalari, suv taqsimlash usullari (egatlar, pollar, cheklar orqali sug‘orish), yomg‘irlatish va tuproq ostidan sug‘orish haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Tuproqda tuzlarning yo'l quyilishi mumkin bo'lgan miqdorini aniqlash: Tuproqlarning sho'rlanish darajasi va unga ta'sir etuvchi omillar, tuproq tarkibidagi tuzlar miqdorini aniqlash usullari va tuproqlarning sho'rlanish tasnifi keltirilgan.
  • Tuproq tarkibidagi tuz va suv zahiralarini aniqlash: Tuproqdagi suv miqdorini aniqlashning ahamiyati, tuproqning hajmiy massasini aniqlash va tuz miqdorlarini hisoblash usullari tushuntirilgan.
  • Tuproqning sho'rlanish darajalarini, sizot suvlarini joylashish chuqurligi va ularning minerallashganlik darajasini o'simlik qoplamiga ko'ra aniqlash: Sho‘rlanish darajasini o‘simliklar bilan aniqlash usuli, o‘simliklarning sho‘rga chidamliligi, tuproqlarni sho‘rlanish sharoitiga ko‘ra baholash va sizot suvlar sathini aniqlashning ahamiyati bayon etilgan.
  • Zovurlashtirilgan va zovurlashtirilmagan sharoitda sho'r yuvishning umumiy me'yorini hisoblash: Sho‘r yuvishning ahamiyati, sho‘r yuvish me’yoriga ta’sir etuvchi omillar, zovurlashtirilgan va zovurlashtirilmagan yerlar uchun sho‘r yuvish me’yorini hisoblash formulalari ko'rsatilgan.
  • Chuqur doimiy zovurlar orasidagi masofani zovur oqim moduliga va tuproqning suv o'tkazish koeffisiyentiga ko'ra aniqlash: Zovurlar tizimi, zovurlarning vazifalari, zovurlar orasidagi masofani aniqlash, gorizontal va vertikal zovurlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Zovur oqimi modulini aniqlash: Zovur oqimi moduli, oqim miqdorini aniqlash, kuzatish davomiyligi va hisoblash usullari bayon etilgan.
  • Sizot suvlar balansini aniqlash: Sizot suvlar balansi, kirim va chiqim qismlari, muvozanatni aniqlash formulalari, balans yakunining ahamiyati tushuntirilgan.
  • Tuproqning tuz balansini aniqlash: Tuproqning tuz balansi, tuzlarning kirim va sarflanish qismlari, muvozanat davri va zahiralar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Sho'r yuvish rejasini tuzish: Sho‘r yuvish ishlarini rejalashtirish, maydonlarni aniqlash, brigadalar bo‘yicha taqsimlash va sug‘orish rejimini tuzish tartiblari bayon etilgan.
  • Xo'jalik suvdan foydalanish rejasini tuzish: Suvdan foydalanish rejasining ahamiyati, rejani tuzish bosqichlari, sug‘orish rejimini aniqlash va suv taqsimlash rejalarini ishlab chiqish usullari ko'rsatilgan.
  • Karta va planda shartli belgilarni o'qish: Tarx va xarita chizishda shartli belgilarning ahamiyati, ularning turlari va qo‘llanilishi, topografik tarx va xaritalar bilan ishlash asoslari tushuntirilgan.
  • Topografik karta xo'jalik planida va joyda oriyentirlash: Joyni oriyentirlash, azimut, rumb va direksion burchaklar, ularni aniqlash va topografik karta bilan ishlash usullari yoritilgan.
  • Topografik karta bilan tanishish: Topografik kartaning elementlari, relyefni tasvirlash usullari, mashtab, qiyalik burchagi va nishablikni aniqlash kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
  • Texnik nivelirlash jadvalini hisoblash: Texnik nivelirlash, nivelirlash qaydnomasi, balandliklarni hisoblash va nivelirlash jurnalini to'ldirish tartibi tushuntirilgan.
  • Buylama profil chizish: Profil tushunchasi, bo'ylama profil chizish, qiyalik burchagini aniqlash, nishablikni hisoblash, loyihaviy chiziqlar va ish balandligini aniqlash kabi masalalar yoritilgan.
  • Xo'jalik maydonini nivelirlash. Xo'jalik planini tuzish: Nivelirlash usullari, geometrik nivelirlash, mutloq va nisbiy balandliklarni aniqlash, asbob balandligini hisoblash va ho‘jalik planini tuzish haqida ma'lumot berilgan.
  • Fermer xo'jaligida yer tuzishda tayyorgarlik ishlari: Fermer xo‘jaligida yer tuzish, tayyorgarlik ishlari, hujjatlar yig‘ish va tayyorlash, rejalashtirish kabi masalalr yoritilgan.
  • Yer turlarini va almashlab ekishni tashkil etish: Yer turlarini tashkil etish, yerlarni tasniflash, Almashlab ekish tizimini tashkil etish va turli ekinlarni ekish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
  • Xo'jalikning planida yer maydonlarini hisoblashni o'rganish: Xo‘jalikning yer tuzish tarhi, joy konturi, shartli belgilar, ulardan foydalanib yer maydonlarini hisoblash usullari bayon etilgan.