Sug‘urta ishi
Ushbu kitob sug'urta faoliyatining iqtisodiy mohiyati, funksiyalari, huquqiy asoslari, turlari, tarif siyosati, tashkilot moliyasi va uni tartibga solish masalalarini qamrab olgan. Kitob, asosan, iqtisodiyot yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Sug'urtaning iqtisodiy mohiyati, funksiyalari hamda sug'urta sohasida qoʻllaniladigan asosiy atama va tushunchalar: Ushbu mavzuda sug'urta haqida tushuncha, unga xos boʻlgan asosiy belgilar, sug'urta iqtisodiy kategoriya sifatida, sug'urta fondlari, ularning shakllanishi va foydalanish yoʻnalishlari, sug'urtaning funksiyalari, sug'urta fondini tashkil etish bilan bogʻliq atamalar, sug'urta fondidan foydalanish bilan bogʻliq atama va tushunchalar, xalqaro sug'urta amaliyotida ishlatiladigan atama va tushunchalar ko'rib chiqiladi.
- Sug'urta faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari: Bu mavzuda sug'urta munosabatlarini tartibga solishda huquqning ahamiyati, sug'urta huquqi va uning mazmuni, sug'urta qonunchiligi, sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar, sug'urta faoliyatini qonun osti hujjatlari bilan tartibga solish, sug'urta tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllari o'rganiladi.
- Sug'urta faoliyati klassifikatori va uning tarkibi: Mavzuda sug'urta faoliyati klassifikatorining tasdiqlanishi, sug'urta faoliyati klassifikatorining tarkibi, va xorijda sug'urta klassifikatorining tarkibi tahlil etiladi.
- Sug'urtada tarif siyosati: Mazkur mavzuda raqobat sharoitida sug'urta xizmatlariga narx-navoni shakllanish xususiyatlari va sug'urta tarifi tushunchasi, sug'urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi, brutto va netto-stavkani hisoblashning oʻziga xos xususiyatlari va umumiy tamoyillari bayon qilingan.
- Sug'urta tashkiloti moliyasi: Mavzuda sug'urta tashkilotining daromadlari va ularning guruhlanishi, sug'urta tashkilotining xarajatlari va ularning tarkibi, sug'urta tashkilotlarida moliyaviy natijani shakllanishi o'rganiladi.
- Shaxsiy sug'urtaning mazmuni va turlari: Ushbu mavzuda shaxsiy sug'urtaning mohiyati va rivojlanish tarixi, shaxsiy sug'urtaning turlari va fuqarolarni baxtsiz hodisadan sug'urta qilish masalalari ko'riladi.
- Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug'urtalash: Bu mavzuda umumiy sug'urta tarmogʻining mol-mulklarni sug'urtalashga oid klasslari, yuridik shaxslar mol-mulkini sug'urtasida ishtirok etayotgan tomonlarning huquq va majburiyatlari, sug'urta hodisasi yuz berganda tomonlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish masalalari o'rganiladi.
- Javobgarlik sugʻurtasi va uni oʻtkazish tartibi: Ushbu mavzuda javobgarlik sug'urtasida sug'urta ob'ekti va sub'ekti, avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug'urtalashning zarurligi va asosiy shartlari va sug'urta tarifi, xorijiy avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug'urtasi, kasbiy javobgarlikni sug'urtasi haqida tushuncha kabi masalalar bayon qilingan.
- Qayta sug'urtalash va sugʻurta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta'minlashda uning roli: Mazkur mavzuda qayta sug'urta haqida tushuncha, qayta sug'urtaning turlari va shakllari ko'rib chiqiladi.