Теория механизмов и машин
Ushbu kitob mashinalar va mexanizmlar nazariyasiga bag'ishlangan bo'lib, mashinasozlik yo'nalishidagi talabalar uchun mo'ljallangan. U mashinalarning tuzilishi, mexanizmlarning kinematik va dinamik tahlili, tishli, zanjirli, kulachokli mexanizmlar kabi asosiy mavzularni qamrab oladi. Kitobda nazariy materiallar bilan birga amaliy masalalarni yechish usullari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Mashinalar va mexanizmlarning tuzilishi: Mashinalarning asosiy elementlari, kinematik juftlar, zvenolar, erkinlik darajasi va tuzilish formulalari ko'rib chiqiladi.
- Mexanizmlarning kinematikasi: Zvenolarning harakatini, tezlik va tezlanishlarini aniqlash usullari, kinematik tahlilning analitik va grafik usullari o'rganiladi.
- Sterjenli mexanizmlar: Sterjenli mexanizmlarning tuzilishi, kinematikasi, kuchlar tahlili va loyihalash asoslari bayon etilgan. Egilishga qarshilik, kuchlanishlar hisoblanadi
- Kulachokli mexanizmlar: Kulachokli mexanizmlarning turlari, geometriyasi, kinematikasi va dinamikasi, shuningdek, ularni loyihalash masalalari ko'rib chiqiladi. Zarba va tebranishlarni kamaytirish yo'llari tahlili.
- Tishli mexanizmlar: Tishli g'ildiraklarning turlari, asosiy ilashish qonuni, эвольвента va uning xususiyatlari, tishli g'ildiraklarni tayyorlash texnologiyasi, tishli uzatmalarning kinematikasi va dinamikasi o'rganiladi.
- Mashinalar dinamikasi: Mashinalar dinamikasining asosiy tushunchalari, mashinaning dinamik modeli, harakat tenglamalari, tebranishlar va rezonans hodisalari tahlil qilinadi. Mashina detallarini mustahkamlikka hisoblash.
- Planetar mexanizmlar: Planetar mexanizmlarning tuzilishi va kinematik xususiyatlari ko'rib chiqiladi.