Автоматика асослари ва ишлаб чикариш жараёнларини автоматлаштириш

Ushbu kitob avtomatika va avtomatlashtirish fanining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda avtomatik tizimlarning tuzilishi, ishlash prinsiplari, qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi, avtomatlashtirilgan jarayonlar, датчиклар, boshqaruv elementlari kabi masalalar yoritilgan. Ma’ruzalar kursi qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Avtomatika fanining maqsadi, vazifalari, qishloq xo‘jaligida avtomatlashtirishning rivojlanish tarixi, xususiyatlari va istiqbollari.
  • Avtomatik tizimlarning turkumlari: Avtomatik tizimlarning funksiyalash algoritmi, boshqaruv algoritmi va muvozanat rejimidagi xususiyatlari bo‘yicha turlari.
  • Avtomatikaning datchiklari: Datchiklar haqida umumiy tushunchalar, ularning tavsiflari (statik tavsif, sezgirlik, xato, inersionlik) va turlari (reostatli, termik, induktiv, sig‘imli va fotoelektrik datchiklar).
  • Avtomatikaning signal kuchaytirgichlari: Kuchaytirgichlar haqida ma’lumotlar, magnitli, elektron, yarimo‘tkazgichli va elektr mashinali kuchaytirgichlar.
  • Avtomatikaning rele qurilmalari: Relelar, ularning turlari (elektromagnit, elektron, vaqt relelari) va tavsiflari, gerkonlar.
  • Avtomatikaning mantiqiy qurilmalari: Mantiqiy qurilmalarning asosiy funksiyalari (inkor, konъyuksiya, dizъyunksiya), standart elementlardan tuzilgan mantiqiy boshqaruv sxemalari, integral mikrosxemalar asosidagi mantiqiy qurilmalar.
  • Avtomatikaning topshirish va taqqoslash elementlari: Topshirish va taqqoslash elementlariga umumiy tushunchalar, ularning turlari (elektrik, elektromexanik, gidravlik, pnevmatik), analogli va raqamli qurilmalar.
  • Ijrochi qurilmalar va rostlovchi organlar: Ijrochi qurilmalarga umumiy tushunchalar, ularning turlari (elektrik, pnevmatik, gidravlik).
  • Avtomatikaning boshqarish sxemalari: Funksional, strukturaviy, prinsipial, montaj va ulanish sxemalari, shartli grafik va harf-raqamli belgilanishlar.
  • Dehqonchilikdagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish: Yerga ishlov berish, kultivatsiya jarayonlarini avtomatlashtirish, jarayonlarni avtomatlashtirishning funksional sxemalari.
  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashni avtomatlashtirish: Don mahsulotlarini tozalash, saralash va quritishni avtomatlashtirish, sabzavot va mevalarni saqlash omborlarini avtomatlashtirilgan elektr jihozlari.
  • Issiqxonalardagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish: Himoyalangan tuproq dehqonchiligi haqida ma’lumotlar, tuproqqa beriladigan mineral o‘g‘itlar konsentratsiyasini avtomatik boshqarish, issiqxonalarda mikroiqlim ko‘rsatkichlarini boshqarish.
  • Chorvachilik va parrandachilikdagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish: Chorvachilik xonalarida va parrandalar uchun moslashtirilgan avtomatik ozuqa tarqatkichlar, mikroiqlim jarayonlarini avtomatlashtirish, ozuqa tayyorlash va tarqatish jarayonlarini avtomatlashtirish.
  • Qishloq xo‘jalik texnikalariga servis xizmati ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish: Qishloq xo‘jalik texnikalariga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish, qishloq xo‘jalik mashinalarini ta’mirlashni avtomatlashtirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig’ishtirib olish jarayonini avtomatlashtirish.
  • Energiya ta’minoti tizimlarini avtomatlashtirish: Qishloq iste’molchilari elektr ta’minotini avtomatlashtirish, energiya ta’minotida qozon agregatlarini, teplogeneratorlarni, suv qizdirish qurilmalarini, havo isitish qurilmalarini avtomatlashtirish, sovitish qurilmalarini avtomatlashtirish.
  • Avtomatlashtirilgan boshqaruv va markazlashtirilgan nazorat tizimlari: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (TJABT)ning funksional tarkibi, markaziy va mahalliy dispetcherlik punktlari, avtomatik boshqaruv tizimlarini puxtaligi.