Ўзбекистон конституцияси

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganish kursining o'quv dasturidir. U O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, uning ahamiyati, mazmuni, tuzilishi, asosiy prinsiplari, inson huquqlari va erkinliklari, davlat tuzilishi, davlat organlari, saylov tizimi, fuqarolarning burchlari kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Dastur o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o'qitiladigan huquqshunoslik kursining bir qismidir.

Asosiy mavzular

  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – Asosiy qonun: Konstitutsiyaning qabul qilinishi, davlat mustaqilligini mustahkamlashdagi o'rni, asosiy g'oyalar, tuzilishi, prinsiplari, konstitutsiya va xalqaro huquq, kelajagi buyuk davlat bunyod etishning huquqiy kafolati.
  • O'zbekistonda shaxs va davlat munosabati: Shaxs va davlat munosabati tushunchasi, konstitutsiyaviy qoidalar mazmuni, shaxs bilan davlatning o'zaro majburiyati, davlatning fuqarolar oldidagi mas'ulligi, shaxs erkinligining ta'minlanishi va qonuniy himoyalanishi.
  • Fuqarolar huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari: Konstitutsiyadagi inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari haqidagi qoidalar, O'zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquqiy maqomi, fuqarolar huquqlari va erkinliklarining asosiy turlari: shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro huquqiy qoidalar.
  • Shaxsiy huquq va erkinliklar: Yashash huquqi, shaxsga qarshi jinoyatlar tushunchasi, sud orqali himoyalanish huquqi, fikrlash, so'z, e'tiqod va vijdon erkinligi.
  • Siyosiy huquqlar: Fuqarolarning kasaba uyushmalariga va boshqa jamoat birlashmalariga uyuishish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi, siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, ijtimoiy harakatlar, 'Kamolot' yoshlar ijtimoiy harakati va uning vazifalari, saylov huquqlari.
  • Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar: Mulkdor bo'lish huquqi, mehnat huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, bilim olish huquqi, 'Kadrlar tayyorlash milliy dasturi', akademik litsey va kasb-hunar kollejlari - ta'lim tizimining yangi bo'g'ini, ta'lim to'g'risidagi qonun.
  • Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari: Konstitutsiyada fuqarolarning burchlariga oid konstitutsiyaviy qoidalar, Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, o'z huquqlarini amalga oshirishda boshqa kishilarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, ota-onani hurmat qilish, tabiat va atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, soliq va mahalliy yig'imlarni to'lash.
  • Vatan himoyasi – muqaddas burch: O'zbekiston Respublikasini himoya qilish har bir fuqaroning Konstitutsiyada belgilangan burchni ekanligi, harbiy yoki muqobil xizmatni o'tash, Mudofaa to'g'risidagi qonuni, harbiy qasamod, umumiy harbiy majburiyat.
  • Insоn huquq va erkinliklarining ta’minlаnishi: Insоn huquq va erkinliklаrining kаfоlаtlаri tushunchаsi, Konstitutsiya vа erkinliklar kafolatlatrlari, Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash davlatning ustuvor vazifalaridan biri.
  • Fuqarolarning huquqlarini himоya qilish mexаnizmi: Fuqarolarning huquqlarini himоya qilish mexаnizmi. Insоn huquqlarini muhоfаzа qilish vа uning kаfоlаtini ta’minlаsh. Оliy Majlisining insоn huquqlаri bo’yichа vаkili (Оmbudsmаn) to’g’risidаgi Qоnuni mazmuni
  • Davlat shakli va boshqaruv shakli: Mustaqil O'zbekiston davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida, O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi haqidagi Konstitutsiyaviy qoidalar, Даvlat belgilari. O'zbekiston халқi туshuнchasI.