Касб-ҳунар коллежи ўқувчиларида жисмоний сифатларни тайёрлашнинг илмий-амалий асослари

Ushbu kitob kasb-hunar kollejlari o'quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan. Unda o'quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, ularni sog'lom turmush tarziga yo'naltirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari ko'rsatilgan. Kitobda jismoniy tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tamoyillari, uslublari, shuningdek, kasbiy faoliyatga yo'naltirilgan mashqlar va tavsiyalar keltirilgan. Kitobda ko'plab rasm va diagrammalar berilgan

Asosiy mavzular

  • Jismoniy sifatlarni rivojlantirishning nazariy asoslari: Jismoniy sifatlar, ularning turlari, rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari. Jismoniy tarbiya jarayonining tashkiliy-uslubiy asoslari
  • Kuchni rivojlantirish uslubiyati: Kuch qobiliyatlari, ularning turlari va rivojlantirish usullari. Maksimal kuchni rivojlantirish, portlash kuchini rivojlantirish
  • Tezlikni rivojlantirish uslubiyati: Tezlik qobiliyatlari, ularning turlari va rivojlantirish usullari. Harakat tezligini sezishni rivojlantirish
  • Haraktlarni uyg'unligini rivojlantirish: Chaqqonlik - muvofiqlashtirish qobiliyatlarning asosiy ko'rsatkichi sifatida. Muvofiqlash qobiliyatlarining namoyon bo'lish shakllari va baholash mezonlari. Muvofiqlashtirish la yoqatlarini rivojlantirish
  • Chidamlilikni rivojlantirish uslubiyati: Chidamlilikning turlari, rivojlantirish usullari, vositalari va shakllari. Umumiy va maxsus chidamlilikni rivojlantirish
  • Egiluvchanlikni rivojlantirish uslubiyati: Egiluvchanlikning turlari va ularni rivojlantirish usullari. Egiluvchanlikni rivojlantirishning vazifalari va vositalari.