Ichki kasalliklar propedevtikasi

Ushbu kitob tibbiyot talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ichki kasalliklar propedevtikasi fanini o'rganishda yordam beradi. Kitobda bemorlarni tekshirish usullari, klinik belgilari, sindromal tashhis qo'yish, shifokorlik etikasi va deontologiyasi kabi mavzularga e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Umumiy qism: Bu qismda ichki kasalliklar propedevtikasi fanining maqsadi, vazifalari, sog'liq va kasallik tushunchalari, shuningdek tibbiyot tarixiga oid ma'lumotlar berilgan.
  • Bemorlarni klinik tekshirish usullari va ichki kasalliklarning umumiy belgilari: Bemorlarni tekshirish usullari va diagnostik belgilar hamda tashhislash jarayoniga klinik tibbiyotning ajralmas qismi sifatida e'tibor qaratilgan
  • Nafas a'zolari tizimi: Nafas a'zolari kasalliklarining turli-tumanligi, ushbu a'zolarni ko'rikdan o'tkazish tamoyillari, asosiy sindromlar, tekshirish usullari hamda o'tkir zotiljamlar va surunkali bronxitga oid ma'lumotlar.
  • Yurak qon-tomir tizimi: Yurak qon-tomir tizimining kasalliklari, shuningdek, yurak yetishmovchiligi, gipertoniya kasalligi va miokard infarkti kabi kasalliklarni tashhislash va davolash usullari haqida ma'lumot berilgan.