Huquqshunoslik

Ushbu kitob yuridik kollej talabalari uchun "Huquqshunoslik" fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Unda davlat va huquq asoslari, konstitutsiyaviy huquq, ma'muriy huquq, jinoiy huquq va boshqa huquq sohalari bo'yicha ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Jamiyat, davlat va huquqning o'zaro munosabati: Davlat va huquqning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyati, davlatlar tasnifi, huquqning kelib chiqishi, huquqiy davlat tushunchasi. Davlatning vujudga kelishi haqida nazariyalar, davlatning belgilari. Huquqning vujudga kelishi, uning belgilari.
  • Konstitutsiyaviy huquq asoslari: Konstitutsiya va uning tarixiy rivojlanishi, Konstitutsiyaning asosiy funksiyalari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari. Konstitutsiyaviy huquq tushunchasi, manbalari, tizimi. Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
  • Ma'muriy huquq asoslari: Ma'muriy huquq tushunchasi, manbalari, ma'muriy huquqiy munosabat va uning turlari, ma'muriy huquqbuzarlik tushunchasi, ma'muriy huquq boshqarish organlarining tashkil etilishi, faoliyati tartibi, prinsiplari, shakl va usullarini, davlat xizmati, davlat xizmatchilarining huquq va burchlarini, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning davlat boshqaruv sohasidagi huquq va burchlarini belgilaydi.
  • Fuqarolik huquqi asoslari: Fuqarolik huquqi tushunchasi, manbalari, fuqarolik huquqiy munosabat ob'yekti va sub'yekti. Shaxslar. Huquqiy layoqat va muomala layoqati. Bitimlar tushunchasi va turlari. Shaxs deganda faqat fuqarolar tushunilmaydi. Fuqarolik huquqiy munosabatda fuqarolar bilan bir qatorda boshqa shaxslar ham ishtirok etadi.
  • Mehnat huquqi asoslari: Mehnat huquqi tushunchasi, manbalari, ish beruvchi va xodimning huquqlari, mehnat shartnomasi, uni tuzish va bekor qilish asoslari. Jamoat shartnomasi, ish vaqti va dam olish vaqti. Mehnat intizomi.Davlat ijtimoiy sig'urtasi.
  • Oila huquqi asoslari: Oila tushunchasi, manbalari, oilaning jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati, oila va nikoh munosabatlari. Nikoh shartnomasi, er xotinning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik.
  • Jinoiy huquqi asoslari: Jinoyat huquqi tushunchasi, manbalari, jinoyat tushunchasi. Ayb va uning shakllari, jinoyatni tasniflash. Jinoyat ishtirokchilari.Jazo tushunchasi, turlari va maqsadi.