O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasida huquqni muhofaza qilish organlarining tizimi, vazifalari, tuzilishi va faoliyatini qamrab olgan darslikdir. Unda Oʻzbekistonning sud tizimi, prokuraturasi, adliya vazirligi, ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati, bojxona organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar batafsil yoritilgan. Kitob huquqshunoslikka oid oliy oʻquv yurtlari talabalari va soha xodimlariga moʻljallangan.
Asosiy mavzular
- Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari kursining predmeti va asosiy tushunchalari: Huquqni muhofaza qilish organlarining tushunchasi, tizimi, huquqiy davlat tushunchasi, qonuniylik va huquq-tartibot, huquqni muhofaza qilish faoliyatining asosiy yoʻnalishlari.
- Sud hokimiyati, uning tuzilishi va vakolatlari: Sud hokimiyatining tushunchasi, sud tizimi, sudyalarning maqomi, sudyalar mustaqilligining kafolatlari.
- Konstitutsiyaviy sud: Konstitutsiyaviy sudning maqomi, vakolatlari, tashkil etilishi, faoliyat tartibi.
- Fuqarolik, jinoiy va ma'muriy sud ishlari sohasidagi sud hokimiyati organlari. Xoʻjalik sudlari. Harbiy sudlar: Fuqarolik, jinoiy va ma'muriy ishlar boʻyicha sudlar tizimi, xoʻjalik sudlari va harbiy sudlarning vazifalari va vakolatlari.
- Adliya vazirligi: Adliya vazirligining tizimi, vazifalari, huquqlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari.
- Prokuratura: Prokuraturaning tizimi, vazifalari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, prokuror nazorati sohalari.
- Ichki ishlar vazirligi va uning organlari: Ichki ishlar vazirligining tizimi, vazifalari, asosiy huquq va majburiyatlari, xodimlarining vazifalari.
- Milliy xavfsizlik xizmati: Milliy xavfsizlik xizmatining umumiy tavsifi, vazifalari, vakolatlari va faoliyatining asosiy prinsiplari.
- Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari: Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash toʻgʻrisidagi tashkiliy-siyosiy qoidalar, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari.
- Soliq tizimi: Davlat soliq qoʻmitasi, uning tizimi, huquqlari, majburiyatlari va mahalliy soliq organlari.
- Bojxona organlari: Davlat bojxona qoʻmitasi, uning tizimi, vazifalari, xizmatlari va xalqaro hamkorlik.
- Advokatura va yuridik xizmat: Advokatura tushunchasi, advokatlik faoliyatining turlari, huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi va tashkil etish. Davlat va tijorat korxonalarida yuridik xizmatni tashkil etish.
- Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman): Inson huquqlari boʻyicha vakilning umumiy qoidalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari.
- Interpol: tashkil etilishi, vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: Interpolning nizomi, vazifalari, rivojlanishi, Oʻzbekiston Respublikasining u bilan hamkorligi.