Классик иқтисодиет назарияси

Ushbu kitob klassik iqtisodiyot nazariyasiga bag'ishlangan bo'lib, unda klassik maktabning asosiy g'oyalari, vakillari va rivojlanish bosqichlari muhokama qilinadi. Kitobda iqtisodiy o'sish, mehnat taqsimoti, qiymat nazariyasi, xalqaro savdo va iqtisodiy siyosat kabi mavzularga e'tibor qaratiladi.

Asosiy mavzular

  • Klassik iqtisodiyot maktabining shakllanishi: XVII-XVIII asrlarda G'arbiy Yevropada klassik iqtisodiyot maktabining paydo bo'lishi va rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, merkantilizmga qarshi kurash, kapitalizmning shakllanishi bilan bog'liq jarayonlar yoritiladi.
  • Adam Smitning iqtisodiy qarashlari: Adam Smitning hayoti va faoliyati, uning asosiy asari "Xalqlar boyligi tabiatini tadqiq etish" va unda ilgari surilgan g'oyalar, xususan, mehnat taqsimoti, qiymat nazariyasi, daromadlar taqsimoti va davlatning roli haqidagi qarashlari tahlil qilinadi.
  • David Rikardoning iqtisodiy nazariyalari: David Rikardoning klassik iqtisodiyotga qo'shgan hissasi, uning qiymat nazariyasi, mehnat unumdorligi, soliqlar, rentani aniqlash va kapital haqidagi qarashlari batafsil bayon etiladi.
  • Klassik maktabning so'nggi namoyondalarining iqtisodiy qarashlari: Klassik maktabning yakuniy bosqichida J.B.Say, Maltus, Senior, Bastia va boshqa iqtisodchilarning g'oyalari tahlil qilinadi.
  • Marjinalizm - klassik nazariyada yangi bir bosqich: Marjinalizmning mohiyati, asosiy g'oyalari va vakillari. Ularning klassik iqtisodiyotdan farqi.
  • Neoklassik yo'nalishning mohiyati va uning asosiy maktablari: Neoklassik yo'nalishining mohiyati, unda kechgan asosiy o'zgarishlar va uning vakillari A.Marshall, J.B.Klark va V.Paretoning g'oyalari tahlil qilinadi.
  • Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalar evolyutsiyasi.: Neoklassik sintez konsepsiyasi, econometrika va uning yonalishlari, halqaro integratsiya, Valyuta munosabatlari va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti nazariyalari.