Ўзбекистон тарихи

Ushbu kitob Oʻzbekiston tarixi fanining oʻquv-uslubiy majmuasi boʻlib, unda Oʻzbekistonning qadimgi davrlardan to mustaqillikkacha boʻlgan tarixi davrlashtirilgan holda yoritilgan. Kitobda davlat siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, madaniy hayot, muhim shaxslar va voqealar haqida maʼlumotlar keltirilgan. Qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining tarix yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Ibtidoiy jamoa davri: Ibtidoiy jamoa tuzumi, uning asosiy bosqichlari, Oʻzbekiston hududidagi ilk inson manzilgohlari, diniy tasavvurlar, mashgʻulotlar va madaniyati haqida maʼlumotlar berilgan.
  • Oʻrta Osiyo hududida dastlabki davlatlarning vujudga kelishi: Hududdagi tarixiy-madaniy oʻlkalar (Baqtriya, Soʻgʻdiyona, Xorazm, Parfiya, Margʻiyona) va dastlabki davlatlar, aholining etnik tarkibi, turmush tarzi, xoʻjaligi, diniy eʼtiqodlari, ilk shaharlar va madaniyati yoritilgan.
  • Oʻrta Osiyo xalqlarining turk xoqonligi tarkibida: Turk xoqonligining tashkil topishi, turklarning gʻarbga yurishlari, Eftaliylar va turklar oʻrtasidagi munosabatlar, Oʻrta Osiyoning turk xoqonligi tasarrufiga oʻtishi, xoqonlikning hududlari, aholisi, boshqaruv usuli, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari va inqirozi sabablari ko'rsatilgan.
  • Amir Temur va Temuriylar davri: Amir Temur davlatining tashkil topishi, harbiy yurishlari, davlat tuzumi, iqtisodiy hayoti, ilmfan va madaniyatga e'tibori, g'arbiy davlatlar bilan aloqalari, Temuriylar davrida Мовароуннахр va Хуросоннинг ижтимоий сиёсий ахволи тахлил килинган.
  • Oʻzbekistonning mustaqillikka erishuvi: Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish jarayoni, uning huquqiy asoslari, davlat ramzlari, ichki va tashqi siyosati, iqtisodiy islohotlar, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy taraqqiyoti hamda jahon hamjamiyati bilan hamkorligi ko'rsatilgan.