Технология и оборудование отрасли

Ushbu kitob paxta tozalash korxonalarida amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar, paxta xomashyosini tozalash, lintni ajratish, tolalarni presslash kabi ishlarni o'z ichiga oladi. Unda paxta tolasini yetishtirishning agrotexnik jihatlari hamda uning jahon bozoridagi ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Paxtachilik: Paxtachilikning tarixi, paxta mahsulotlari va ularning ahamiyati, tolani qayta ishlash bosqichlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Paxta xomashyosini yig'ish va saqlash: Paxta xomashyosini yig'ish usullari, xomashyoni qabul qilish punktlari vazifalari va saqlash tartibi ko'rsatilgan.
  • Paxtani qayta ishlash: Paxta tozalash zavodlarida paxta xomashyosini quritish, tozalash va lintni ajratish jarayonlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Tolani tozalash: Tozalash usullari, mashinalarning tuzilishi va ishlash prinsplari hamda tozalash samaradorligini baholash usullari tasvirlangan.
  • Chigitni linterlash: Linterlash jarayonining maqsadi, texnologiyasi va jihozlari haqida ma'lumot berilgan.
  • Tolani presslash: Tola, lint va chiqindilarni presslash texnologiyasi va jihozlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Paxta tozalash korxonalaridagi yordamchi sexlar: Ta'mirlash sexlari, elektr ta'minoti va boshqa yordamchi sexlarning vazifalari ko'rsatilgan.
  • Paxta selktsiyasi: Paxta selktsiyasining ahamiyati haqida malumot berilgan.