Global kom'yuter tarmoqlari

Ushbu kitob kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo'llanilishi, global kompyuter tarmoqlari va Internetdagi asosiy protokollar haqida ma'lumot beradi. Kitob, shuningdek, bank tarmoqlari, ma'lumotlarni xalqaro almashish tarmoqlari, elektron pochta va boshqa mavzularni ham qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qoʻllanilishi: Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o'zaro almashish ehtiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo hamkorlik dasturining ajralmas qismi qilib qo'ydi. Ilmiy, maorif maqsadlari va biznes uchun ko'plab tarmoqlar tashkil etilgan. Internet dunyo hamjamiyatiga kirish imkonini beradi.
  • INTERNET global kompyuter tarmogʻi: 1957 yil ARRA tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida DARRA ARRANet tajriba tarmog'ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Tarmoq 1972 yilda namoyish etildi, asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng huquqli bo'lishi edi. 1975 yil ARRANet tajriba tarmog'i maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o'zgartirdi.
  • Internetdagi asosiy protokollar va ularning qoʻllanilishi: Internet orqali taqdim etiladigan barcha xizmatlar standart protokollar orqali amalga oshiriladi. Ilova- bu amaliy va dasturiy ta'minot. Internetning keng ommalashgan to'plami(majmui)mavjud: elektron pochta (e-mail), olisdan turib kirish, fayllarni uzatish, WWW va hokazo. Deyarli hamma amaliy dasturiy ta'minot Internet «mijoz-server» sxemasi bo'yicha ishlaydi. Foydalanuvchi kompyuterda «dastur-mijoz» texnologiyasida ishlaydi.
  • Bank tarmoqlari va banklararo hisob-kitoblar tizimi: Xo'jalikda to'lovlarning katta qismi naqd pulsiz hisob-kitob shaklida amalga oshiriladi. Kliringni qo'llashning nisbatan samarali sohalari quyidagicha: Markaziy Bank tizimida banklararo hisob-kitob, pul mablag'larini o'zaro o'tkazishni doimiy takrorlovchi iqtisodiy jixatdan bir-biriga bog'liq korxonalarga xizmat ko'rsatish, bir xildagi tezkor bitimlarni amalga oshirish.
  • Banklararo ma'lumotlarning xalqaro tarmog'i: Xalqaro banklar tarmog'i doimiy o'sib bormoqda. Ma'lumotlar va telekommunikatsiya xizmatiga nisbatan ortib borayotgan talabni qondirish uchun xalqaro tarmoq tashkil etilmoqda. U to'lovlarni o'tkazish, aktivlarni boshqarish va ma'lumotlar bilan ta'minlash bo'yicha kompleks xizmat ko'rsatadi. Ular ichida HEBS kabi mashxur tarmoqlar mavjud. Lekin dunyoda eng yirik moliyaviy xabarlar tarmog'i SWIFT hisoblanadi.