Mikrobiologiya va virusologiya

Ushbu kitob "Mikrobiologiya va virusologiya asoslari" fanini o'rganish uchun mo'ljallangan bo'lib, talabalarga mikroorganizmlar va viruslarning tuzilishi, fiziologiyasi, genetikasi, ekologiyasi va sistematikasi haqida chuqur bilim beradi. Shuningdek, kitobda mikrob va viruslarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, ularning kasallik qo'zg'atish xususiyatlari hamda ularga qarshi kurash usullari yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Mikrobiologiyaning predmeti, vazifalari va rivojlanish tarixi: Ushbu mavzu mikrobiologiya fanining mohiyatini, maqsad va vazifalarini, uning rivojlanish bosqichlarini va olimlarning fanga qo'shgan hissalarini o'z ichiga oladi.
  • Viruslarning shakli, guruhlari va sistematikasi: Viruslarning tuzilishi, xususiyatlari, tasnifi, ahamiyati va odam, hayvon va o'simliklar uchun xavfli viruslar ro'yxati keltirilgan.
  • Viruslarning tuzilishi: Viruslarning nozik tuzilishini o'rganishning ahamiyati, oddiy va murakkab viruslarning tuzilishi, tamaki mozaikasi virusi va OITS virusi kabi viruslarning tuzilishini batafsil tahlil qilish mavjud.
  • Virusning ko'payishi: Virusning hujayraga kirishi va infektsiya jarayoni davrlari, adsorbtsiya, virus DNK va RNK sintezi, konservativ va yarim konservativ replikatsiya, virus zarrasining etilishi batafsil yoritilgan.
  • Bakteriya hujayralarining shakllari va morfologik tiplari: Eukarionlar va prokariotlarning umumiy tavsifi, bakteriyalarning shakllari va o'lchamlari, eukariot va prokariot hujayralarning tuzilishi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
  • Bakteriya hujayrasining tashqi tuzilishi: Bakteriya hujayrasining umumiy tuzilishi, kapsula va shilliq qavat, kimyoviy tarkibi va funktsiyalari, bakteriya xivchinlari, joylanishi, fibriy va pililar va ularning funktsiyalari, bakteriya sporalari va ularning hosil bo'lishi, tiplari va vegetativ hujayralardan farqi tahlil qilingan.
  • Bakteriya hujayrasining ichki tuzilishi: Hujayra devori, sitoplazmatik membrana, mezosomalar, sitoplazma, nukleoid va ularning tavsifi, kiritmalar, gram musbat va gram manfiy bakteriyalarning hujayra devorlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Mikroorganizmlarning o'sishi va ko'payishi: Bakteriya hujayrasining o'sishi, prokariotlarning ko'payishi usullari, bakteriyalarning rivojlanish sikli va uning fazalari va ularning tavsifi, uzluksiz ko'paytirishning mikroorganizmlar xususiyatlarini tadqiq qilishdagi ahamiyati va amaliyotda ishlatilishi ko'rsatilgan.
  • Mikroorganizmlar sistematikasi: Bakteriyalar sistematikasi mikroorganizmlarning strukturalari, fiziologo-kimyoviy xususiyatlari, fenotip va genotip xususiyatlari, binominar nomenklatura haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Mikroorganizmlarning oziqa moddalarga bo'lgan ehtiyoji va moddalarning hujayraga kirishi: Bakteriya hujayrasidagi asosiy kimyoviy birikmalar va elementlar, kimyoviy elementlarga bo'lgan ehtiyoji, uglerod manbaiga qarab guruhlarga bo'linishi, oziqlanish tiplari, oziqa moddalarining mikroorganizmlarga o'tishi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Mikroorganizmlar metabolizmi: Mikroorganizmlar fermentlari, mikroorganizmlarning nafas olishi, geksozaning katabolizm yo'llari, katabolizm va biosintez haqida tushuncha, har xil o'zgarishlar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta'siri: Tashqi muhit omillari va guruhlari, psixrofill, mezofill va termofill mikroorganizmlar, mikroorganizmlarga namlik, yorug'lik, yuqori bosim, vodorod ionlari kontsentratsiyasi va kimyoviy faktorlarning ta'siri batafsil yoritilgan.
  • Mikroorganizmlar genetikasi: Genotip, fenotip, o'zgaruvchanlik, mutatsiyalar, bakteriyalardagi transformatsiya, transduktsiya va kon'yugatsiya va episomalar yoritilgan.
  • Biosfera va mikroorganizmlar ekologiyasi: Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi, polisaprob va oligosaprob zonalar, Koli-titr va koli-indeks, mikroorganizmlarning tuproqda tarqalishi, rizosfera bakteriyalari, biosfera va mikroorganizmlar ekologiyasi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Tabiatda azot aylanishi: Ammonifikatsiya jarayoni, nitrifikatsiya, turli tuproqlarda boradigan nitrifikatsiya jarayoni, dentrifikatsiya, bevosita denitrifikatsiya haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Atmosfera azotining biologik fuksatsiyasi: Azotfikatsiya jarayoni, erkin yashovchi azotofiksatorlar va ularga tavsif, Azot o'zlashtiruvchi mexanizimi, tuganak bakteriyalar va ularning spetsifikligi, dukkakli o'simliklar ildizida hosil bo'lishi, bakterial o'g'itlar haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Mikroorganizmlar tomonidan uglerodli birikmalarning o'zgartirilishi: Spirtli bijg'ish va uning oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati, Sut kislotali bijg'ish, Gomofermentativ va geterofermentativ bijg'ish, Bifidobakteriyalar amalga oshiradigan bijg'ish batafsil yoritilgan.