Materialshunoslik

Ushbu o'quv-uslubiy majmua materialshunoslik fanidan oliy o'quv yurtlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Kirish. Metallar to'g'risida umumiy ma'lumotlar: Fanning rivojlanish tarixi, materiallar tushunchasi, metallarning tarkibi, tuzilishi, allotropik shakl o'zgarishlari, birlamchi kristallanishi, kristall jismlarning xossalari.
  • Qotishmalar nazariyasi asoslari: Mexanik aralashmalar, qattiq eritmalar, kimyoviy birikma hosil qiluvchi qotishmalar, muvozanat holatidagi fazalar, qotishmalarning holat diagrammalari.
  • Temir va uning qotishmalari: Temir va uglerodning xossalari, temir-uglerod qotishmalarida uchraydigan fazalar va strukturalar, temir-tsementit qotishmalarining holat diagrammasi.
  • Uglerodli po'latlar: Uglerodli po'latlar spetsifik xossalariga ko'ra mashina va mexanizm detallari uchun asosiy material hisoblanadi. Qaytarilganlik darajasiga, kimyoviy tarkibiga va boshqa ko'ra turlanadi.
  • Legirlangan po'latlar: Legirlangan po'latlar kimyoviy tarkibi, mikrostrukturasi va ishlatilish sohasiga ko'ra turlarga bo'linadi,ular po'latning fizik, mexanik va texnologik xossalarini yaxshilaydi.
  • Cho'yanlar: Temir-uglerod qotishmasi tarkibidagi uglerod miqdori 2,14% dan ko'p bo'lgan qotishmalar shartli ravishda cho'yanlar deb ataladi. Cho'yanlarning turlari, xossalari.
  • Rangli metallar va ularning qotishmalari: Mis, alyuminiy, magniy va titan qotishmalari va ularning xossalari, ishlatilish sohalari.
  • Metal va qotishmalarga termik va kimyoviy – termik ishlov berish asoslari: Po'lat va cho'yanlardan yasalgan buyumlarning fizikaviy, mexanikaviy va texnologik xossalarini zarur tomonga o'zgartirish maqsadida ularga termik va kimyoviy-termik ishlov beriladi.
  • Po'latlarga kimyoviy – termik ishlov berish: Kimyoviy-termik ishlov berish jarayoni 3 bosqichdan iborat bo'ladi: diffuziyalanadigan element atomlarining hosil bo'lishi; diffuziyalanuvchi element atomlarining po'lat yuzasiga yaqinlashuvi;
  • Kukunsimon qattiq qotishmalar: Metall kukunlaridan tayyorlash texnologiyasi, ulardan tayyorlangan detallarning xossalari va qo'llanilishi.