Makkajo‘xorini azotli o‘g‘it bilan o‘g‘itlash samaradorligini aniqlash
Ushbu kitob O‘zbekistonda makkajo‘xori yetishtirish texnologiyasini yaxshilashga qaratilgan. Unda O‘zbekiston sharoitida azotli o‘g‘itlarning makkajo‘xori hosildorligiga ta’siri, o‘g‘itlash usullari, muddatlari va me’yorlari ko‘rib chiqiladi. Kitobda tuproq unumdorligi, iqlim sharoitlari, agrotexnik tadbirlar va boshqa omillarning makkajo‘xori hosiliga ta’siri ham tahlil qilinadi.
Asosiy mavzular
- Adabiyotlar sharhi: Makkajo‘xori biologiyasi, agrotexnologiyasi, olimlarning tadqiqotlari va tavsiyalari
- Kuzatuv usuli va hududi: Xo‘jalik tavsifi, iqlimi, tuprog‘i, agrofezik va agrokimyoviy tadqiqotlar, fenologik kuzatuvlar, makkajo'xori tasnifi va tajriba tizimi
- Asosiy qism: Makkajo‘xori navini ekishga tayyorlash, ekish me’yori va muddatlari, o‘sish va rivojlanish xususiyatlari, azotli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash samaradorligi va texnologiyasi
- Xulosa va takliflar: Tadqiqot natijalari asosida xulosalar va kelgusidagi tadqiqotlar uchun takliflar