Elektr va magnitizm bo’limidan tajriba ishlarni bajarish
Ushbu kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan "Fizika" fanining "Elektr va magnetizm" bo'limidan tajriba ishlarni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatma. Uslubiy ko'rsatmaga fizika fanining elektr va magnitizm bo'limi mavzulariga oid qisqacha nazariy ma'lumotlar va shu mavzularga tegishli bo'lgan laboratoriya mashg'ulotlari, ularni bajarish tartibi hamda talabalarni olgan nazariy bilimlarini tekshirish uchun savollar kiritilgan.
Asosiy mavzular
- Avometrni o'rganish: Avometrning tuzilishi va ishlash printsipi, o'lchash chegaralari, o'zgarmas va o'zgaruvchan tokni o'lchash, qarshilikni o'lchash.
- O'tkazgichlarni parallel va ketma-ket ulash: O'tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash qonuniyatlari, umumiy qarshilikni hisoblash, tok va kuchlanishni aniqlash.
- Elektrostatik maydonni o'rganish: Elektrostatik vanna yordamida maydon kuchlanganligi va potentsialini o'rganish, ekvipotentsial sirtlarni qurish.
- Kondensatorning elektr sig'imini aniqlash: Kondensatorning tuzilishi, elektr sig'imi, yassi va sferik kondensatorlar, kondensatorlarni ketma-ket va parallel ulash.
- Yer magnit maydon kuchlanganligining gorizontal tashkil etuvchisini tangensbussol yordamida aniqlash: Tangensbussolning tuzilishi va ishlash printsipi, magnit maydon kuchlanganligini aniqlash usuli.
- Elektroliz hodisasini o'rganish: Elektroliz qonunlari, misning elektrokimyoviy ekvivalentini aniqlash.
- Elektrolitlarning solishtirma qarshiligini aniqlash: Elektrolitlarning solishtirma qarshiligini o'lchash usullari.
- Elektronning solishtirma zaryadini aniqlash: Magnetron usuli yordamida elektronning solishtirma zaryadini aniqlash.
- O'tkazgichning solishtirma qarshiligini ampermetr va voltmetr yordamida aniqlash: Metall o'tkazgichning solishtirma qarshiligini o'lchash usullari.