Boshlang’ich sinflarda “kasr” tushunchasini shakillantirish metodikasi.

Ushbu kitob boshlangʻich sinflarda matematikani oʻqitish metodikasiga bagʻishlangan boʻlib, unda kasr tushunchasini shakllantirish, ulushlar bilan tanishtirish, kasrlarni oʻrganish metodikasi kabi mavzular yoritilgan. Kitobda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashqlar, misollar va masalalar keltirilgan boʻlib, oʻqituvchilarga dars jarayonida foydalanish uchun koʻrsatmalar berilgan. Shuningdek, kitobda kasr tushunchasini shakllantirishda koʻrgazmali qurollardan foydalanish, turli xil geometrik shakllar bilan ishlash usullari ham bayon etilgan.

Asosiy mavzular

  • Kasrlar bilan tanishtirishning mohiyati: Kasr tushunchasini hosil qilish, ularni taqqoslash, sonning ulushini topish va berilgan ulushiga ko'ra sonning o'zini toppish bilan tanishtirish. 1 ning ulushi va bir necha ulushi, uning yozma ko'rinishi tasavvurlariga ega bo'lish.
  • Miqdorning ulushlari bilan tanishtirish metodikasi: 3-sinfda birning ulushlari vahakozo ulushlarga oid tasavvurlarni hosil qilishdan iborat. Kasirlarni o'rgatish ko'rgazma asosida tushuntiriladi. Ko'rgazmali tushuntirishda, masalan, olmani teng ikkiga bo'lish, yordamida kasr hosil qilish.
  • Kasrni o'rganish metodikasi: Kasrlarning hosil bo'lishi bilan birga 4-sinfda tanishtiriladi. Bunda ko'rgazmali qurol bilim berishning bosh mezoni bo'ladi. Narsalarni, shakllarni teng bo'laklarga bo'lish va bo'laklardan bittasini, ikkitasini, uchtasini olish masalasi uni ifopdalash va yozish asosiy vazifa bo'ladi.
  • Ulushlar: Doira chizing va uni teng ikki bo'lakka bo'ling. Yana bir doira chizing va uni teng 4 ta bo'lakka bo'ling. Daftaringizga biror AB kesma chizing. Nodira opa bitta butun tortni teng 8 bo'lakka bo'ldi.
  • Kasrlarni ayirish: Bir xil maxrajli kasrlarni ayirish qoidalari bilan tanishtirish. Ikki ayirma yordamida nomaʼlum sonni topishga doir masalalar yechish.