Фитопотология

Ushbu kitob oʻsimliklar patologiyasi faniga bagʻishlangan boʻlib, oʻsimlik kasalliklari, ularning sabablari, rivojlanish qonuniyatlari, tarqalishi, oldini olish va ularga qarshi kurash usullarini oʻrganadi. Kitobda fitopatologiyaning asosiy tushunchalari, oʻsimlik kasalliklarining tasnifi, asosiy kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Fitopatologiya fanining maqsadi va vazifalari: Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda fitopatologiya fanining ahamiyati, fitopatologiya fanining predmeti va bo‘limlari, vazifalari, o‘simlik kasalliklarini kvalifikatsiyasi, fitopatologiya fanining rivojlanish tarixi, iqlim va tuproqdagi noqulay ekologik sharoitdan qanday kasalliklar kelib chiqadi.
  • Oʻsimliklarning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari: Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining biologik xususiyatlari, patogenlik jarayonining kelib chiqishi, yuqumli kasalliklar ekologiyasi va diagnostikasi, kasalliklarni namoen bo‘lishi, yuqumsiz kasalliklar va ularning kelib chiqish sabablari, birlamchi va ikkilamchi infeksiyalar to‘g‘risida tushuncha.
  • Gʻalla donli ekinlarning kasalliklari: Gʻalla ekinlarining qora kuya kasalligi, zang kasalligi, ildiz chirish kasalligi, fuzarioz kasalligi va ularga qarshi kurash choralari.
  • Gʻoʻza kasalliklari: Gʻoʻzaning vilt kasalligi, ildiz chirish kasalligi, gʻommoz kasalligi va ularga qarshi kurash choralari.
  • Beda oʻsimligi kasalliklari: Bedaning un shudring kasalliklari, zang kasalliklari, qoʻngʻir dogʻlanish kasalligi, fuzarioz kasalligi va virus kasalliklari.
  • Pomidor kasalliklari: Pomidorning fitoftorioz kasalligi, makrosporioz kasalligi, bargini oq dogʻlanish kasalligi, ildiiz chirish kasalligi va viruslar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
  • Kartoshka kasalliklari: Kartoshkaning fitoftorioz kasalligi, kartoshka raki, rizoktonioz kasalligi, fuzarioz kasalligi va virus kasalliklari.
  • Poliz ekinlarining kasalliklari: Poliz ekinlarining un shudring kasalligi, fuzarioz kasalligi, soxta un shudring kasalliklari va virus kasalliklari.
  • Mevali oʻsimliklarning kasalliklari: Mevali oʻsimliklarning ildiz raki, barglarning qoʻngʻir dogʻlanishi, olma va nokning parsha kasalligi, un shudring kasalligi va monilioz kasalligi.
  • Tok va tut kasalliklari: Tokning un shudring kasalligi, antraknoz kasalligi, soxta un shudring kasalligi, oq chirish kasalligi, serkosporioz kasalligi. Tutning yuqumli va yuqumsiz kasalliklari.
  • Issiqxonadagi oʻsimliklar kasalliklari: Issiqxona oʻsimliklarining zamburugʻ kasallik qoʻzgʻatuvchilari bakterial va virusli kasallik qoʻzgʻatuvchilari.