Чўл зонаси ландшафтлари ресурсларидан самарали фойдаланишнинг географик асослари
Ushbu to'plamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 28-fevraldagi qarori asosida Buxoro davlat universitetida 2010-yil 1-may kuni "Cho'l zonasi landshaftlari resurslaridan samarali foydalanishning geografik asoslari" mavzusida respublika miqyosida o'tkazilgan ilmiy-nazariy va amaliy konferensiya materiallari o'rin olgan.
Asosiy mavzular
- Geografik bashorat: Kelajakni ko'ra bilish, iqtisodiy-ijtimoiy o'zgarishlarning yo'nalishi va shiddatini belgilaydi, hududiy iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni rejalashtirishning ilmiy asosi bo'lib, fan uchun eng ustuvor vazifa.
- O'rta Osiyo cho'llarini tasniflash: Geografiya fanida uchlik tizim: tabiat-aholi-xo'jalik birligi uning asosiy mohiyatini ifodalaydi. Agar bu tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy komponentlarning turli hududlardagi o'zaro nisbatini ko'radigan bo'lsak, cho'l hududlarining birinchi qatlami tabiatdir.
- O'zbekistonda cho'llanish: Inson xojalik faoliyatining kuchli ta'siri natijasida O'zbekiston hududining 60%dan ko'proq maydonida har xil darajada cho'llanish jarayoni sodir bo'layapti. Chullanish jarayonining shiddatli borishi ko'pgina social-iqtisodiy va ekologik oqibatlarga olib kelmokda.
- Cho'l landshaftlar: Cho'l landshaftlari o'ziga xos zonal, regional va paradinamik xususiyatlari bilan ajralib turuvchi, o'zining alohida shakllangan ekologik sharoiti bilan yashovchi konuniyatlariga ega bo'lgan tabiii geografik xosiladir.
- Sayyohgohlar - integratsiyalashgan mahsulot birligi: Sayyoh shunday uziga xos ne'matki, uni iste'mol kilgan turist, mustakil iktisodii faoliyat olib boradigan mexmonxona, restoran, transport, gid va x.k. xizmatlarni yetkazib beradigan korxonalar faoliyati sifatiga alohida baxo bermay, balki umumlashtirgan holda sayoxat faoliyatini amalga oshgan xudud vakida ma'lum xulosalarga kelib, konikish xosil kiladi yoki kilmaydi.