Жамоатчилик билан самарали мулоқот
Mazkur qo'llanma axborot xizmatlari xodimlari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning faoliyatini tashkil etish, fuqarolar bilan aloqalarni samarali yo'lga qo'yish, zamonaviy usullar va vositalardan foydalanishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Zamonaviy axborot xizmatlari: Axborot xizmatlarining umumiy tavsifi, tushunchasi, hozirlik idoralari bilan farqi, tamoyillari, jurnalistlar bilan aloqalar, ma'lumot olish tartibi.
- Axborot xizmatining maqsadi, funksiyalari va tuzilmasi: Axborot xizmatining asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari, ichki va tashqi yo'nalishlar, tuzilmasi, kadrlar masalalari.
- Axborot xizmatlarining fuqarolar va jurnalistlar bilan hamkorligi: Davlat organlari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish shakllari, axborot turlari, hokimlikdagi axborotlarni yig'ish usullari, kommunikatsiya kanallari, jurnalistlar bilan ishlashda akkreditatsiyaning roli.
- Fuqarolar va OAV bilan aloqalarni rejalashtirish turlari: Ish vaqtini tashkil etish, mediarejalashtirish va uning tarkibiy qismlari.
- OAV va jamoatchilik uchun tadbirlar tashkil etish: Tadbirlar turlari (matbuot anjumani, matbuot brifingi, davra suhbati, press-tur), tashkil etish qoidalari, press-relizlar, fotosuratlar.
- Axborot xizmatining faoliyatida internet resurslaridan foydalanish: Ijro hokimiyat hududiy organining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va bloglar.