O’rtа Osiyo mаmlаkаtlаri iqtisоdiy ijtimоiy gеоgrаfiyasi
Ushbu kitob O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Jizzax Davlat Pedagogika Instituti tomonidan tayyorlangan bo'lib, O'rta Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasiga bag'ishlangan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Kitobda O'rta Osiyo davlatlarining geografik o'rni, tabiiy sharoiti, resurslari, aholisi, xo'jaligi, sanoati, qishloq xo'jaligi va transporti kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitob talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, mintaqa haqidagi geografik bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Asosiy mavzular
- O'rta Osiyo davlatlarining geografik o'rni: Mavzuda O'rta Osiyo davlatlarining tashkil topishi, kattaligi, chegaralari va geografik o'rni haqida ma'lumot beriladi. O'rta Osiyoning mikro, makro va mezo iqtisodiy geografik o'rinlari tahlil qilinadi.
- O'rta Osiyo tabiiati, tabiiy sharoiti va resurslari: Bu mavzuda O'rta Osiyoning yer yuzasi tuzilishi, iqlimi, ichki suvlari, tuproqlari, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy resurslardan foydalanish muammolari va ularni muhofaza qilish masalalari o'rganiladi.
- O'rta Osiyo mamlakatlarining kattaligi va chegaralari: Markaziy Osiyo mamlakatlarining maydoni, hududining kattaligi, geografik o'rni, qo'shni davlatlar bilan chegaralari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- O'rta Osiyo davlatlarining iqtisodiy-geografik o'rni: Har bir davlatning iqtisodiy geografik o'rni xususiyatlari, joylashgan joyi, atrofidagi mamlakatlar bilan aloqalari, dengizga chiqish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
- O'rta Osiyoning tuproq qoplami: O'rta Osiyo tuproq turlari hosil bo'lish omillari, tekislik va tog'li hududlardagi tuproqlar xususiyatlari, o'simlik qoplami va inson ta'siri tahlil qilinadi.
- O'rta Osiyo o'simliklari: O'rta Osiyo o'simlik dunyosining xilma-xilligi, tekislik va tog' o'simliklari, vyertikal mintaqalar bo'ylab tarqalishi o'rganiladi.
- O'rta Osiyo hayvonot dunyosi: Markaziy Osiyoning hayvonot dunyosi boy va xilma-xilligi tekislik va tog'li qismlarida tafovut kattaligi o'rganilgan
- Aholisi va mehnat resurslari: Ushbu mintaqa aholisining 1939-1998 yilllardagi yillik o'sish dinamikasi va uning demografik ko'rsatkichlari haqida ma'lumot berilgan
- O'rta Osiyo mamlakatlari xo'jaligi: Bu mavzuda hududda sanoat va unda nechta ish o'rinlari tashkil qilingani haqida ma'lumot beriladi
- O'rta osiyoning ichki suvlari: suvlarning tektonik holatiga ko'ra qanday bo'linishi haqida ma'lumot beriladi