Фанларнинг фалсафий масалалари
Ushbu kitob falsafa, fanning rivojlanish tarixi, metodologiyasi va hozirgi zamon global muammolariga bag'ishlangan. Unda falsafaning fanning rivojlanishiga ta'siri, fanning jamiyatdagi o'rni, axloqiy mas'uliyati kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitobda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ilmiy bilimlarga qo'shgan hissasi, O'zbekistonning o'ziga xos rivojlanish yo'li va uning falsafiy asoslari ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Fanning falsafiy masalalari: Kursning predmeti, vazifalari, fanning jamiyatdagi o'rni, fan va falsafa o'rtasidagi munosabat, fan etikasi, olimning mas'uliyati kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- Fanning evolyutsiyasi: Fanning rivojlanish bosqichlari, Sharq va G'arb fanining o'zaro ta'siri, Markaziy Osiyoda ilmiy bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi, hozirgi zamon fanining xususiyatlari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Fanning metodologiyasi muammolari: Falsafaning predmeti va strukturasi, uning funksiyalari, falsafiy bilimlarning rivojlanish qonuniyatlari, fan va dunyoqarash, ilmiy bilishning uslub va vositalari, metod va meodologiya bilish jarayonining muhim muammosi, kabi mavzular ko'rib chiqiladi.
- Tabiatshunoslik va texnikaning falsafiy masalalari: Hozirgi zamon tabiatshunoslik fanlarining xususiyatlari, texnika va texnologiyaning falsafiy masalalari, biologiya, kimyo, fizika va kibernetikaning falsafiy masalalari, fan va hozirgi zamon global muammolari: O'zbekistonda resurslardan foydalanish texnologiyasi muammolari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Ijtimoiy-gumanitar fanlar falsafasi: Soциал фалсафа масалалари. Сиёсат фалсафаси. Тарихнинг фалсафий масалалари. Ўзбекистон Республикаси ривожланишининг хозирги боскичи ва унинг фалсафий масалалари. kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Global muammolar falsafasi: Atrof muhitni muhofaza qilish va resurslardan foydalanish texnologiyasi muammolari(Orol fojiasi, cho’lga aylanish va hokazo), jamiyatda axloqiy me’yorlar tushunchalariga bag’ishlangan