Klient-server texnologiyasi asosida ma’lumotlarga ishlov berish tizimini yaratish
Ushbu kitob internetda savdo qilish imkoniyatini beruvchi «Klient-server» texnologiyasi asosida ishlovchi Web-ilovalar yaratishni oʻrganuvchilar uchun mo'ljallangan. Unda HTML dasturlash tili, dinamik saytlar yaratish texnalogiyasi (PHP), ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MySQL) va veb-texnologiyalarning imkoniyatlarini oshirish vositalari kabi mavzular yoritilgan. Kitob misollar bilan tushuntirilgan.
Asosiy mavzular
- HTML dasturlash tili: HTML dasturlash tili orqali veb sahifalar yaratish asoslari, teglar va ularning vazifalari, matn, giperhavola, jadval, forma kabi elementlarni yaratish usullari tushuntirilgan.
- Dinamik saytlar yaratish texnologiyasi (PHP): PHP dasturlash tili yordamida dinamik veb-saytlar yaratish, ma'lumotlar bazasi bilan bog'lanish, foydalanuvchilar bilan interaktiv ishlash va ma'lumotlarni qayta ishlash usullari ko'rsatilgan.
- Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MySQL): MySQL ma'lumotlar bazasini yaratish, ma'lumotlarni saqlash, ularni so'rovlar orqali olish, ma'lumotlarni tahrirlash va o'chirish kabi amallar ko'rib chiqiladi.
- Web-texnologiyalarning imkoniyatlarini oshirish vositalari (Java, Javascript): Java va Javascript dasturlash tillari orqali veb-saytlarni interaktivligini oshirish, foydalanuvchi bilan aloqa qilish, animatsiyalar yaratish va boshqa imkoniyatlar bilan tanishiladi.
- «Klient-server» arxitekturasi: Ushbu arxitekturada klient va server o'rtasidagi o'zaro aloqa, ma'lumotlarni uzatish va qabul qilish mexanizmlari batafsil tushuntirilgan.
- IT-prise dasturiy tizimi: IT-prise dasturiy tizimi asosan kopyuter qurilmalarini internet tarmog'i orqali sotish imkonini beradi.