Автомобилларни техник эксплуатацияси
Ushbu kitob avtotransport korxonalarida texnik xizmat ko'rsatish, diagnostika va ta'mirlash jarayonlarini tashkil etishga bag'ishlangan. Unda dvigatellarni, tormoz tizimlarini va boshqa muhim qismlarni sozlash texnologiyalari ham o'rin olgan.
Asosiy mavzular
- Avtotransport korxonalarida kundalik xizmat ko'rsatish ishlari: Transport vositalarini tozalash, yuvish usullari va qurilmalari haqida ma'lumotlar berilgan.
- 1-texnik xizmat ko'rsatish (1-TXK): Avtomobillarning agregat va uzellarini tekshirish, sozlash ishlari texnologiyasi bayon etilgan.
- 2-texnik xizmat ko'rsatish (2-TXK): 2-TXKda o'tkaziladigan ishlar, sozlash, g'ildiraklarni o'rnatish burchaklarini sozlash va dvigatel ishlashini tekshirish kabi jarayonlar ko'rsatilgan.
- Dvigatel mexanizmlarini diagnostika qilish va TXK: Dvigatelning texnik holatini aniqlash, nosozliklarni topish va ta'mirlash usullari keltirilgan.
- Dizel dvigatellarining ta'minlash tizimini diagnostika qilish: Dizel dvigatellarining yonilg'i uskunalari, forsunka va nasoslarni tekshirish, sozlash ishlari bayon etilgan.
- Karbyuratorli dvigatellarning ta'minlash tizimini diagnostika qilish: Karbyuratorli dvigatellarning yoqilg'i nasosi, karbyurator, filtrlar, jihozlar, ularni tekshirish usullari haqida ma'lumot berilgan.
- Pnevmatik yuritmaali tormoz tizimini diagnostika qilish: Pnevmatik tormoz tizimini tekshirish va sozlash, kompressor holati, havo sozlalgich, tormoz kamera, gildirak tormoz mexanizimi tasvirlangan.
- Gidravlik yuritmaali tormoz tizimini diagnostika qilish: Gidravlik tormoz tizimini tekshirish va sozlash, tormoz pedalining yurishi, kolodka va baraban orasaidagi tirqish tasvirlangan.