Ikki daryo Amudaryo-Sirdaryo oralig'i ibtidoiy davr arxeologiyasi tosh davri misolida

Ushbu kitob O'zbekiston hududidagi tosh davri arxeologiyasi manbalarini umumlashtiradi, davrni o'rganish muammolarini muhokama etadi, O'zbekiston tosh asri madaniyatlarining xususiyatlari, shu davrda yashagan gominidlarning fizik tiplari haqida ma'lumotlar umumlashtiriladi va O'zbekiston tosh asri arxeologiyasini o'rganishning istiqbollari belgilab beriladi.

Asosiy mavzular

  • Farg'ona vodiysi va Toshkent vohasining qadimgi tosh davri yodgorliklari: Selung'ur g'or makoni, Ko'lbuloq makoni hamda uning atrofidagi paleolit davri yodgorliklari va Obiraxmat g'or makoni kabi yodgorliklar o'rganilgan.
  • Zarafshon vohasi va Janubiy O'zbekiston hududlari qadimgi tosh davri yodgorliklari: Qo'tirbuloq va Omon-Qo'ton makonlari, Samarqand makoni yuqori madaniy qatlami materiallarini trassologik tadqiq qilinishi, Teshik-tosh va Amir-Temir g'orlari va Qashqadaryo vohasi paleolit davri makonlari ko'rib chiqilgan.
  • Ikki daryo oralig'i mezolit va neolit davri arxeologiyasi: O'zbekistonda mezolit davri yodgorliklari va madaniyatlari hamda O'zbekistonda neolit davri yodgorliklari va madaniyatlari tadqiq etilgan.