Yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasi asoslari
Ushbu kitob yengil atletika turidan uzunlikka sakrash texnikasini o'rgatishga bag'ishlangan. Kitobda sakrashning asosiy elementlari, yugurish, depsinish, uchish va qo'nish bosqichlari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, kitobda turli sakrash usullari, mashqlar va mashg'ulotlar rejalari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasi: Uzunlikka sakrashda yuqori sport natijasiga erishish asosan yugurib kelish natijasida hosil qilingan gorizontal tezlikka va depsinish natijasida hosil bo'lgan vertikal tezlikka bog`liqdir.
- Yugurib kelish va depsinishga tayyorlanish: Sakrash uchun yugura boshlashdan oldin sakrovchi yugurib kelish masofasini aniq belgilab olish bilan birga butun etiborini sakrash mashqiga jalb qilish lozim. Sakrovchini yugura boshlashdan oldingi dastlabki holati har doim bir xil bo'lib, gavda sal oldinga engashgan oyoqlar sal bukilgan bo'lishi kerak.
- Uchish: Depsinishdan keyin tananing u.o.m. maʼlum traektoriya bo'ylab harakat qiladi. Bu chiqish burchagiga boshlang'ich tezlikka va havoning qarshiligiga bog'liqdir.
- Yerga tushish (qo'nish): Yer bilan kesishish vaqtida uchishning yakunlanish paytida faqatgina oyoqga emas, balki sportchining barcha organizmiga katta zo'rlik bilan tushadi.