Zarangning (Acer semovii Regel et Herd) bioekologik xususiyatlari
Ushbu kitob O'zbekistonning janubiy hududlaridagi iqlim sharoitida, xususan Termiz shahrida zarang (Acer semovii) o'simligining bioekologik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda zarangning o'sishi, rivojlanishi, fenologiyasi, ekologik omillarga munosabati hamda introduktsiya sharoitidagi o'ziga xosliklari tadqiq qilingan. Shuningdek, kitobda zarangni ko'paytirish, parvarishlash va landshaft dizaynida foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Asosiy mavzular
- Adabiyotlar tahlili: Zarang (Acer L.) turkumi va uning botanik xususiyatlari, dunyo va O'zbekistonda tarqalishi, turlari, ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan. Mavzuga oid ilmiy manbalar va tadqiqotlar tahlili berilgan.
- Surxondaryo viloyatining iqlim sharoiti, tadqiqot ob'ekti va metodlari: Surxondaryo viloyatining geografik o'rni, iqlimi, tuproqlari va o'simlik dunyosi tavsiflangan. Tadqiqot ob'ekti sifatida Acer semovii tanlanganligi asoslangan. Tadqiqotda qo'llanilgan metodlar, kuzatuvlar va o'lchovlar haqida ma'lumot berilgan.
- Zarangning (Acer semovii Regel et Herd) bioekologik xususiyatlari: Zarangning o'sishi, rivojlanishi, fenologiyasi (barg yozishi, gullashi, meva tugishi va boshqalar) batafsil o'rganilgan. O'simlikning ekologik omillarga (harorat, namlik, yorug'lik) munosabati aniqlangan.
- Acer semovii ning ecologic omillarga munosabti va introduksiyaviy baholash: Zarangning Termiz sharoitida o'stirish istiqbollari baholangan. Introduktsiya natijalari tahlil qilingan, o'simlikning mahalliy sharoitga moslashuvi o'rganilgan. Landshaft dizaynida foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan.