Shimoliy Baqtriya bronza davri qabilalarining dafn marosimlari va diniy e’tiqodi
Ushbu kitobda O'zbekiston va Tojikiston hududlarida joylashgan Shimoliy Baqtriya mintaqasining bronza davridagi o'troq dehqonchilik va chorvador qabilalarining dafn marosimlari, diniy e'tiqodlari va bu ikki xo'jalik shaklining o'zaro munosabatlari tahlil qilingan. Kitobda qadimda odamlarning diniy tasavvurlari, zardushtiylikning shakllanishi, hayvonlarning kult sifatida e'zozlanishi va dafn marosimlarining evolyutsiyasi arxeologik manbalar asosida yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Shimoliy Baqtriyaning bronza davri yodgorliklari: Shimoliy Baqtriya hududida topilgan bronza davriga oid dehqonchilik va chorvachilik madaniyatiga oid yodgorliklar, ularning joylashuvi, xususiyatlari va ahamiyati haqida ma'lumot berilgan.
- Bronza davri urugʻ jamoalarining dafn marosimlari: Bronza davrida Shimoliy Baqtriya qabilalarida dafn marosimlari qanday oʻtkazilgani, qabrlarning tuzilishi, dafn etish usullari va marosimlarda ishlatilgan buyumlar haqida batafsil ma'lumot berilgan.
- Bronza davri urugʻ jamoalarining diniy tasavvurlari: Bronza davri odamlarining diniy e'tiqodlari, ilohiy tasavvurlari, sig'inish ob'ektlari va zoolatrik diniy qarashlar arxeologik topilmalar asosida tahlil qilingan.
- Sopolli madaniyatining diniy e'tiqodlari: Sopolli madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari,Sopolli madaniyatida dafn etish ikki xil usulda boʻlib, bular qabrga marhum jasadining qoʻyilishi va mayitsiz qabrlardir. Qabrga marhum qoʻyilishini ham uch turga ajratish mumkin. Bular yakka, juft va odam bilan birga qoʻyning ko'milishidir.
- Bishkent-Vaxsh madaniyatining diniy e'tiqodlari: Bishkent va Vaxsh madaniyatlarining shakllanishida mahalliy Hisor madaniyati jamoalarining ishtiroki haqida fikr bildirmaydilar. Bishkent-Vaxsh madaniyatining shakllanishida mahalliy Hisor jamoalari ham qatnashgan, degan xulosaga keladi.