Асосий технологик жараёнлар ва ускуналар

Ushbu kitob "Asosiy texnologik jarayonlar va uskunalar" fanidan ma'ruzalar matni bo'lib, unda kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari, ularning nazariy asoslari, hisoblash uslublari va tegishli uskunalarining tuzilish prinsiplari bayon etilgan. Kitob talabalarga, muhandislarga va kimyo sanoati sohasida ishlaydigan mutaxassislarga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Asosiy qonun va qoidalar: Fanning mazmuni, rivojlanishi, asosiy jarayon turlari va ularning parametrlar bo'yicha tasnifi.
  • Modda va energiyaning saqlanish qonunlari: Balans shaklida ifodalanishi, sistema muvozanat qonunlari, o'tkazish qonunlari, mukammal qurilmalar yaratish asoslari va kimyoviy qurilmalarda foydalaniladigan materiallar.
  • Jarayonlar va qurilmalarni modellashtirish: O'xshashlik nazariyasining ahamiyati, teoremalari, mezonlari, birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh mezonlari.
  • O'lchamlarni tahlil qilish: O'xshashlik nazariyasining differensial tenglamalar orqali ifodalanishi, o'lchov birliklarini asosiy o'lchamlar orqali ifodalash, o'lchamlarni kompleks yordamida tahlil qilish, modellashtirish sharoitlari va tartibi.
  • Texnik gidravlika asoslari: Gidromexanika haqida tushuncha, gidrostatik bosim, Nyuton va non'yuton suyuqliklari, Reynolds tajribasi, Reynolds mezoni, oqimning turbulentlik darajasi.
  • Suyuqlik muhitlarida aralashtirish: Aralashtirish jarayoni, mexanik usulda aralashtirish, aralashtirgich turlari, mexanik aralashtirishdagi quvvat, quvvat mezonining ifodalanishi.
  • Turli jinsli sistemalarni ajratish: Turli jinsli sistema turlari, ularni ajratish usullari, cho'kish tezligini aniqlash, davriy ishlaydigan cho'ktirish qurilmasi, cho'kish yuzasini aniqlash.
  • Filtrlash jarayoni: Filtrlash jarayoni haqida tushuncha, filtr to'siqda bosimlar farqini hosil qilish, filtratning gidravlik qarshiligini aniqlash, filtratning unumdorligini aniqlash, filtrlash doimiyligi.
  • Filtrlarning asosiy turlari: Filtrlash qurilmalari, filtr presslarining tuzilishi, filtrlash tsiklini aniqlash, filtrat hajmi va unumdorligini aniqlash.
  • Markazdan qochma kuch ta'sirida cho'ktirish: Markazdan qochma kuch maydonida cho'ktirish, markazdan qochma kuchlar maydoniga ta'sir etuvchi omillar, sentrifuga turlari, sentrifugalarni hisoblash.
  • Gazlarni changdan tozalash: Gazlarni changdan tozalash maqsadi, chang cho'ktirish kameralari, siklonning tuzilishi, siklonlardagi gaz aralashmalarini tozalanish darajasi, siklonlarni tanlash.
  • Gazyuvuvchi qurilmalar: Gaz yuvuvchi qurilmalar sinflari, suyuqlikni sochib beradigan gaz yuvuvchi qurilma, Venturi skrubberi, elektrofiltrlarni qo'llanilishi, elektrofiltr turlari.
  • Issiqlik almashinish jarayonlari: Issiqlikning tarqalishi, issiqlik balansi, issiqlik o'tkazuvchanlik, Furye qonuni, silindrsimon devorning issiqlik o'tkazuvchanlik tenglamasi.
  • Issiqlikning nurlanishi: Nurlanish yordamida issiqlik almashinish, Stefan-Boltsman qonuni, konvektiv issiqlik almashinish, Nyuton qonuni, konvektiv issiqlik almashinishning kriterial tenglamasi.
  • Issiqlik almashinish qurilmalari: Issiqlik almashinish qurilmalari turlari, qobiq trubali issiqlik almashtirgichlar, qobiq trubali qurilmalar konstruktsiyasiga ko'ra qo'llanish turlari, qobiq trubali issiqlik almashtirgichlarda trubalarni turda joylashishi.
  • Boshqa turli issiqlik almashinish qurilmalari: Qo'sh trubali, namlovchi va zmeyevikli issiqlik almashgichlar, issiqlik almashgichlarning ish jarayoni, g'ilofli issiqlik almashgichlar, gorelkali issiqlik almashgichlar.
  • Havo bilan sovutiladigan qurilmalar: Havo bilan sovutiladigan qurilmalarning tuzilishi, yuzali va aralashtiruvchi kondensatorlar, aralashtiruvchi kondensatorning ishlash jarayoni, issiqlik almashinish qurilmasining sovitgich sifatida qo'llanilish afzalligi.
  • Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblash tartibi: Issiqlik almashinish qurilmalarini qismlari, issiqlik almashinish qurilmalarining hisoblash tartibi, isitilayotgan eritmaning fizik kattaligini topish, issiqlik o'tkazish koeffitsientini aniqlash.
  • Issiqlik almashgichlarda konstruktiv hisoblash tartibi: Issiqlik almashgichlarda konstruktiv hisoblash tartibi, kondensatorni hisoblash, isitish yuzasini topish, quvurlarni turda joylashtirish usullari.