Umumiy fizika

Kitob O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan umumiy fizika kursining asosiy bo'limlarini qamrab olgan. Unda mexanika, molekulyar fizika va termodinamika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro fizikasi kabi sohalar bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Kitob nazariy bilimlarni mustahkamlashga va fizikaning amaliy masalalarini yechishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Mexanika: Moddiy nuqtaning harakati, dinamikaning asosiy qonunlari, kuchlar, kosmik tezliklar, Galileyning nisbiylik prinsipi, noinerial sanoq sistemalar, ish, energiya, quvvat, qattiq jism harakati, jismlar deformatsiyasi, tebranishlar va to'lqinlar.
  • Molekulyar fizika va termodinamika: Modda holati, temperatura, gazlarning kinetik nazariyasi, molekula erkin yugurish yo'li, termodinamika, ichki energiya, ideal gazning energiyasi, issiqlik sig'imi, termodinamikaning II qonuni, real gazlar.
  • Elekt va Magnetizm: Elektrostatika, Kulon qonuni, elektr maydon kuchlanganligi, nuqtaviy zaryad maydoni, elektrostatik maydon kuchlari, potensial, elektr maydonida o'tkazgichlar, elektr sig'im, kondensatorlar, magnit maydoni, toklar ta'siri, Bio-Savar-Laplas qonuni, Amper qonuni, Lorens kuchi.
  • Optika: Yorug'lik tabiati, yorug'likning to'lqin xossalari, yorug'lik interferensiyasi, difraksiyasi, qutblanishi, geometrik optika, yorug'lik oqimi, fotometrik kattaliklar, yorug'lik dispersiyasi, kvant nazariyasi, fotonlar, lazerlar.
  • Atom va yadro fizikasi: Atom tuzilishi, to'lqin-zarra dualizmi, eletron spini, atom yadrosining tarkibi, yadroning bog'lanish energiyasi, radioaktivlik hodisasi, yadro reaksiyalari, yadroviy nurlanishlar, elementar zarralar.