Transport vositalarining tuzilishi
Ushbu kitob "Transport vositalarining tuzilishi" fanidan amaliy mashg'ulotlar uchun uslubiy ko'rsatma bo'lib, Oliy o'quv yurtlarining "Transport vositalarini ishlatish va ta'mirlash" bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Unda avtomobilning umumiy tuzilishi, dvigatelning mexanizmlari, ta'minot, sovitish, moylash tizimlari, transmissiya, osma, boshqaruv va tormoz tizimlari kabi asosiy qismlarining tuzilishi va ishlashi bo'yicha ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Avtomobil va dvigatelning umumiy tuzilishi: Avtomobil agregatlarining joylashuvi, ichki yonuv dvigatelining asosiy ko'rsatkichlari bilan tanishish.
- Krivoship-shatunli (KShM) va gaz taqsimlash (GTM) mexanizmlari: KShM va GTM detallarining tuzilishi va ishlashini o'rganish.
- Dvigatelning sovitish va moylash tizimlari: Sovitish va moylash tizimlarining tuzilishi va elementlarining vazifalarini o'rganish.
- Karbyuratorli va dizel dvigatellarining ta'minlash tizimi: Ta'minlash tizimi qismlarining joylashuvi, tuzilishi va ishlashini o'rganish.
- Ilashish muftasi, uzatmalar va taqsimlash qutilari va kardanli uzatma: Ilashish muftasi, uzatma va taqsimlash qutilarining tuzilishi va ishlashini o'rganish.
- Asosiy uzatma, differensial va yarim o'qlar: Asosiy uzatma, differensial va yarim o'qlarning transmissiyada joylashuvi, tuzilishi va ishlashini o'rganish.
- Osma va shinalar: Osma elementlarining tuzilishi va ishlashi, shinalarning tuzilishi, o'lchamlari va belgilanishi bilan tanishish.
- Rul boshqarmasi: Rul boshqarmasi qismlarining joylashuvi, tuzilishi va ishlashini o'rganish.
- Tormoz boshqarmasi: Tormoz boshqarmasi qismlarining joylashuvi, tuzilishi va ishlashini o'rganish.