Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish asoslari
Ushbu kitob aerodrom qoplamalarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish asoslarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda aerodrom qoplamalarining turlari, ularni hisoblash usullari, materiallar va konstruktiv yechimlar keltirilgan. Kitob talabalar, qurilish injenerlari va aerodromlar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Aerodrom qoplamalarini loyihalashdan maqsad: Talabalarning aerodrom sun'iy qoplamalarini loyihalash bo'yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
- Loyihalash uchun kerakli ma'lumotlar: Aerodrom sinfi, geografik o'rni, gidrologik sharoiti, hisobiy samolyot turi, havo kemalarining bir sutkalik uchish soni, tuzilmaviy qatlamlarni qurish uchun qabul qilinadigan materiallarning hisobiy tasnifi.
- Qattiq bo'lmagan aerodrom qoplamalarini hisoblash uslubi: Qattiq bo'lmagan aerodrom qoplamalarining hisobi asosiga chiziqli-deformatsiyalanadigan qatlamli yarim fazo ko'rinishidagi hisobiy model qabul qilingan, uning yuzasiga aylana yuzasiga teng bo'lgan yakka g'ildirakdan tushadigan og'irlik ta'sir etadi deb qaraladi.
- Qattiq turdagi aerodrom qoplamalarini hisoblash uslubi: Beton va armabeton qoplamalarining mustahkamlik hisobi quyidagi shart bajarilishidan kelib chiqib bajariladi.