Tarmoq mаshinаlаrini hisоblаsh vа lоyihаlаsh

Ushbu kitob "Tarmoq mashinalarini hisoblash va loyihalash" fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmadir. Unda to'qimachilik mashinalarining muhim mexanizmlari va ularning ish jarayonlari, hisoblash usullari laboratoriya ishlari orqali o'rganiladi. Kitob Namangan muhandislik-texnologiya institutida o'quv jarayoni uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Qoziqli baraban yuritmasi massasining inertsiyasini tajriba yo'li bilan aniqlash: Detal massasining keltirilgan inertsiya momentini nazariy va tajriba yo'llari bilan aniqlash usullari ko'rsatilgan. Bir ipli, ikki ipli shildiroq usullari va fizik tebrangich usuli haqida ma'lumotlar berilgan, tushayotgan yuk usuli bilan yigiruv mashinasini yuritmasini inertsiya momentini aniqlash jarayoni tushuntirilgan. Tajriba natijalarini hisoblash formulalari keltirilgan.
  • Qoziqli barabandagi asosiy valni quvvatini hisobiy va tajriba yo'l bilan aniqlash: Mashina ishlash jarayonida asosiy valga keladigan quvvatning ishqalanish kuchlarini yengishga, havo qarshiligini yengishga va foydali ishga sarflanishi, inertsiya kuchlarini yengishga sarflanishi va quvvatning sarf qilinishini hisoblash tartibi tushuntirilgan. Asosiy valni aylanish burchak tezligi va quvvatni hisoblash formulalari keltirilgan.
  • Ajratuvchi taroqni bikirligini aniqlash: Shlyapkali tarash mashinalarining harakatga keltirish sxemalari va ishlatiladigan elektrodvigatellari haqida ma'lumot berilgan. Ajratuvchi taroqning vazifasi va traektoriyasi,taroqni va uning kolonkasini hisoblash usullari keltirilgan. Tez aylanuvchi taroqlar va ularning ish jarayonlari haqida ma'lumotlar berilgan, taroqni mustahkamlikka hisoblash usullari keltirilgan.
  • Cho'zish asbobidagi bosuvchi valiklarga tushadigan yuklanishlarni o'lchash: Yigiruv va pilik mashinalarida cho'zish asboblarida prujinali yuklanishlarning ahamiyati, ularni ishlash jarayonida sozlash va tekshirish zarurligi tushuntirilgan. Tenzorezistorli asbobning tuzilishi va ishlash prinsiplari, mexanik asbob PIN-2 yordamida statik va dinamik yuklanishlarni o'lchash usullari ko'rsatilgan.
  • Yigiruv mashinasidagi halqali planka harakatlanish qonunini tekshirish: Ipni o'rash mexanizmining harakatlanish qonuni, naychaning o'ralish jarayoni va halqa plankasining harakati tushuntirilgan. Halqa plankasining harakat tenglamasi, halqa plankasining harakatini tasvir qiladigan egri chiziqni tajriba yuli bilan olish va nazariy hisoblashlar keltirilgan.
  • Urchuq aylanishining kritik tezligini hisobiy va tajriba yo'li bilan aniqlash: Urchuqlarga qo'yiladigan asosiy talablar, shpindelning egilish tebranish amplitudasi haqida ma'lumotlar berilgan. Dunkerley usuli yordamida valning kritik tezligini aniqlash, yoyilgan kuch ta'sirida muallaq holdagi valning kritik tezligini aniqlash usullari tushuntirilgan. Urchuq shpindelini kritik tezligini tajriba yo'li bilan aniqlash usullari ko'rsatilgan.
  • To'quv dastgohlarining siklogrammasini qurish: ATPR-120 va AT-100-5M to'quv dastgohlarining tuzilishi va ishlash jarayoni, asosiy mexanizmlari haqida ma'lumotlar berilgan. Dastgohlarning siklogrammasini qurish tartibi va kinematik siklini aniqlash formulalari keltirilgan.
  • Batan inertsiya momenti va chayqalish markazi holatini batan massasini yoyilishiga ta'sirini o'rganish: To'quv dastgohining batan mexanizmi, uning vazifasi va tuzilishi tushuntirilgan. Batan og'irlik markazining holatini aniqlash, massasini, chayqalish markazini aniqlash usullari ko'rsatilgan. Tajriba usullari va hisoblash formulalari keltirilgan.
  • STB va ATPR to'quv dastgoxlarini batan va to'qilayotgan gazlama chetini to'qish mexanizmlarini o'rganish: Mokisiz to'quv dastgohlarida mushtchali batan mexanizmlarining tuzilishi va ish jarayonlari, kuch tahlili va konstruktiv sxemasi ko'rsatilgan. Mexanizmlarining kinematik tahlili va inertsion momentini hisoblash usullari keltirilgan.
  • Tikuv mashinasini tsiklogrammasini qurish: Tikuv mashinalarining asosiy mexanizmlari va ularning ishlash jarayonlari tushuntirilgan. Mashinani tsiklogrammasini olishga tayyorlash va tsiklogrammani olish ketma-ketligi, bosh valni ishchi burilish burchagi va vaqtini aniqlash usullari ko'rsatilgan. 1022 sinf mashinasini tsiklogrammasini olish uchun ko'rsatmalar berilgan.
  • Keng imkoniyatli tikuv mashinasini igna va moki mexanizmlarini o'rganish: Keng imkoniyatli tikuv mashinasini igna va moki mexanizmlarining tuzilishi, ishlash printsipi va sozlanishlarini o'rganish, moki komplektini tuzilish sxemasi batafsil keltirilgan.
  • Tikuv buyumlari to'shamalarini qirqib kesish mashinalarini mexanizmlarini o'rganish: EZM-3 va EZDM-3 mashinalarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, yumaloq pichoqning harakteristikalari va materialni kesishda yuzaga keluvchi kuchlar sxemalari tushuntirilgan.
  • Poyafzal presslarini tuzilishi, ishlash printsipi va sozlanishlarini o'rganish: PVG-8-2-0 va PVG-18-0 presslarining tuzilishi, ishlash printsiplari PVG-8-2-0 va PVG-18-0 presslarini farqlari va ularning texnik parametrlari keltirilgan.