Islom dini asoslari va ma`naviyati

Ushbu uslubiy qo'llanma "Islom dini asoslari va ma'naviyati" fanidan talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibini belgilaydi. Qo'llanmada fan dasturi, mavzular rejasi, uslubiy ko'rsatmalar, adabiyotlar ro'yxati va talabalar mustaqil ishi uchun topshiriqlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Islom dinining o'ziga xos xususiyatlari: Islom dinining vujudga kelishi, jahon dinlarida Islom dinining o'rni, Islom dinining o'ziga xos xususiyatlari. Islom dinining vujudga kelishida jamiyat ta'siri, Muhammad (s.a.v) hayotlari va faoliyatlari, boshqa dinlarning ta'siri, ruknlari, jamiyat va ma'naviyatiga ta'siri, oqimlari va manbalari.
  • Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ma'naviy merosi, ilm va ilm ahlini ulug'lash madaniyati: Islom dini manbalarini o'rganishda Movorounnahr olimlarining o'rni, inson hayotida ilmning o'rni, Islom dinida ustoz va shogird muomalasi. Movorounnahr olimlarining ilm faniga qo'shgan ulushlari, Burxoniddin Marg'iloniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boshqalarning ilmiy faoliyatlari.
  • Islomda muomala madaniyati. Oila va farzand tarbiyasi: Insonlarning bir-biridagi vazifalari, oila muqaddasligi, farzand burchlari. Salom berish odobi, aksirish, nikoh va zino, ota-ona va farzand vazifalari, o'g'il va qiz tarbiyasining jihatlari.
  • Islom ma'naviy kamolotida Islom dini. Jamiyat odobi. Izn so'rash: Kamtarinlik buyuk insonlar fazilati, insonning jamiyatdagi o'rni, jamiyat mafkurasida Islom dini. Kamtar bo'lish, kibirlikdan qochish, sukut saqlash, yordam berish, oqibatli bo'lish, jamiyat mafkurasini boshqarish, izn so'rash odoblari.
  • Islomiy axloq: Islomda madaniyat tushunchasi, Qur'oni Karim va hadislarda yuksak insoniy fazilatlar. Komil inson tushunchasi, iymon, diyonat, adolat, iffat, sabr qanoat, yaxshi xulqlar, yomon xulqlardan nafratlantirish.
  • Islom va tasavvuf ilmi: Tasavvuf ilmi, shariat, tariqat, ma'rifat va haqiqat bosqichlari, buyuk tariqatchilar. Inson kamoloti, ruh tarbiyasi, nafs va riyozat, komil inson, tariqatchilarning islomga qo'shgan ulushlari.
  • Markaziy Osiyolik mashhur Islom Olimlari: Markaziy Osiyolik Islom olimlari, mashhur fan arboblari, adib, shoir va tilshunoslar. Imom al-Buxoriy, Muslim ibn al-Xajjoj, Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Rudakiy va boshqalar.
  • Markaziy Osiyoda bunyod etilgan Islom obidalari: Markaziy Osiyoda arxitekturasi, Islom dini obidalarining jamiyatdagi o'rni. Masjid, Madrasa, Maqbara, Kubodaqal'a, Mog'aki Attori masjidi, Sulton saodat ansambli, Vobkent minorasi va boshqa obidalar.
  • Yangi davr. Islom dini va ma'naviyati. Toshkent islom madaniyati markazi: Mustabid tuzumda Islom diniga munosabat, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi va Islom dini, Mamlakatimizning Islom sivilizatsiyasidagi o'rni. Chor Rossiyasining bosqini, ruslashtirish siyosati, diniy vaziyat, vijdon erkinligi, Toshkentga Islom madaniyati markazi maqomi.
  • O`zbekiston Respublikasi “VIjdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g'risida" gi qonuni: O`zbekiston Respublikasida dinlarga munosabat, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g'risida" gi qonunning mohiyati va ahamiyati. Tolerantlik, mustaqillikni mustahkamlashda dinning o`rni, diniy konfessiyalar.
  • Diniy ekstremizm va fundamentalizm: tarixi va mohiyati: Dunyoviy davlatning dinga munosabati, diniy fundamentalizm yoki aqidaparastlikning kelib chiqishi, ogohlikka da'vat. Rivojlangan davlatda dinga bo`lgan munosabat, fundamentalizmning ma`nosi, islom dinidagi yo`nalishlar, ekstremizm.
  • Islom dini va milliy g'oya: Milliy g'oyada dining o`rni, Islom dini o`zbek millatining g'oyasi sifatida, xalq farovonligini ta'minlashda Islom dinining o`rni. Millat tushunchasi, milliylik, Avesto, adolat, vatan ravnaqi, gegemonizm, demokratiya, diniy g'oya.
  • Navoiy viloyati Islom dini me`moriy obidalari (ekskursiya): Navoiy viloyatida mavjud bo`lgan Islom dini tarixiy obidalari Bilan tanishish, shu orqali ziyoratni amalga oshirish. Hududni Islom diniga qo`shgan hissasi, Buyuk Islom dini mutafakkirlari hayoti va faoliyati.