Materialshunoslik va KMT
Ushbu kitob mashinasozlik materialshunosligi asoslarini, metallar va qotishmalarning tuzilishi, xossalari, termik ishlov berish usullari, hamda polimer va kompozit materiallarning xususiyatlarini o'rganadi. Kitobda konstruksion va asbobsozlik po'latlari, rangli metallar, ularning qotishmalari, korroziyaga bardoshli va yuqori haroratga chidamli materiallar haqida ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Metallarning kristal tuzilishi va kristallanish nazariyasi: Kristall va amorf jismlar, kristall panjara tushunchasi, anizotropiya, metall kristall tuzilishining turlari, kristallanish jarayoni, kristallarning formalari, qattiq holda kristallanish, metallarning allotropiyasi, kristall murakkab fazalarning tuzilishi va xossalari.
- Deformatsiyalangan metall strukturasi va xossalariga kizdirishning ta'siri: Kuchlanish turlari, metallarning elastik va plastik deformatsiyalanishi, metallardagi o'taplastiklik, metallarning yemirilishi, plastik deformatsiya, siljish yuzalar, naklyop, dislokatsiya zichligi, yemirilish turlari, polikristallardagi plastik deformatsiya.
- Temir va uning qotishmalari: Temir uglerod sistemasini tashkil qiladigan komponentlar va fazalar, temir sementit diagrammasi, uglerod va doimiy qo'shimchalarni po'lat xossasiga ta'siri, grafitga parchalanish protsessi, oq va kulrang cho'yanlar, yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan sharsimon grafitga ega bo'lgan cho'yanlar.
- Temir qotishmalarida faza o`zgarishi yoki po`latlarni termik ishlash nazariyasi: Po`latlarni qizdirganda faza o`zgarishi, austenit holatiga qizdirilgan po`latlarda donachani o`sishi, o`ta sovutilgan austenitning parchalanishi, perlitga parchalanish, po`latlarda martensitga parchalanish, legirlangan po`latlarda austenitnn izotermik parchalanish diagrammasi, to`xtovsiz sovutilganda austenitni parchalanishi, orali? parchalanish yoki beynitta parchalanish, martensitni va qoldiq austenitni qayta qizdirishda ro`y beradigan o`zgarishlar.
- Termik ishlash texnologiyasi: Termik ishlashdan maqsad va uni turlari, I tur yumshatish, II tur yumshatish, po`latlarni ximik-termik ishlash protsesslarining umumiy xarakteristikasi, po`latlarni sementatsiyalash, sementatsiyalangan po`latlarga termik ishlov berish texnologiyasi, po`latlarni azotlash texnologiyasi, po`latlarni yuzasini uglerod va azot bilan birgalikda to`yintirish, po`lat yuzasini metallar bilan diffuzion to`yintirish (metallizatsiya).
- Konstruksion mashinasozlik po`latlari: Uglerodli konstruksion po`latlar, oddiy sifatli uglerodli po`latlari, sifatli uglerodli po`latlar, legirlangan konstruksion po`latlar, ishqalanish yemirilishga bardosh beradigan (austenitli) po`latlar, korroziyabardosh (zanglamas) po`lat va qotishmalari, olovbardosh po`latlar va qotishmalar
- Asbobsozlik uchun po`latlar va qotishmalar: Asbobsozlik materiallariga quyiladigan talablar, asbobsozlik uchun po`latlarni sinflarga bo`lish, uglerodli va legirlangan asbobsozlik po`lati, shtamp po`latlari, qattiq qotishmalar
- Rangli metallar va ularning qotishmalari: Alyuminiy, alyuminiy qotishmalarini klassifikatsiyasi, alyuminiy qotishmalariga termik ishlov berish, termik ishlash natijasida mustahkamlanadigan, deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari, termik ishlash matijasida mustahkamligi oshmaydigan, deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari, quyma alyumiy qotishmalari.
- Metalmas materiallar; kompozit materiallari: Polimer va metallarning birikmalaridan hosil bo`lgan konstruksiyalar, metallopolimer konstruksiyalarda adgeziyali bog`lanishning tabiati, polimerlarning metallarga bo`lgan adgeziyani boshqarish usullari, polimer qoplamalarining antifrik xossalariga modifikatsiyalashni ta'siri.